Falsafiy meros va milliy g’oya



Yüklə 100,3 Kb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü100,3 Kb.
#142732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafiy meros

Milliy mafkuramiz shakllanishi va rivojida o‘zbek xalqi safida yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, al-G‘azzoliy, Moturudiy, Farg‘oniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Yusuf Xos Xojib, Ahmad ibn Umar, Mahmud Yugnakiy, Pahlavon Maxmud, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Bahoveddin Naqshband va boshqa jahonga mashxur bo‘lgan buyuk qomusiy allomalarning ilmiy-falsafiy, xuquqiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, qarashlari va ta'limotlari asosiy tayanch va poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

  • Milliy mafkuramiz shakllanishi va rivojida o‘zbek xalqi safida yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, al-G‘azzoliy, Moturudiy, Farg‘oniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Yusuf Xos Xojib, Ahmad ibn Umar, Mahmud Yugnakiy, Pahlavon Maxmud, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Bahoveddin Naqshband va boshqa jahonga mashxur bo‘lgan buyuk qomusiy allomalarning ilmiy-falsafiy, xuquqiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, qarashlari va ta'limotlari asosiy tayanch va poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
  • Dadillarga murojaat etaylik.
  • Ma'lumki, Mazdak – mavludning 529 yilida vafot etgan tuslik ilohiyotchi va siyosiy arbob. U ortiqcha boyib ham, ortiqcha qashshoqlashib ham ketmaydigan jamiyat qurish to‘g‘risidagi ta'limotini amalga oshirish niyatida ijtimoiy harakatni vujudga keltirgan. Mazdakiylik Markaziy Osiyoda javonmardlik harakatining vujudga kelishiga hamda arab bosqinchilariga qarshi kurashda aholi uchun g‘oyaviy qurol xizmatini o‘tagan.

    Abu Bakir ar-Roziy (864-925) Markaziy Osiyoda ilmiy, falsafiy an'analar vujudga kelishida favqulodda rol o‘ynagan. U hurfikrlilik rivojiga bebaho hissa qo‘shgan.

    Abu Nosir al-Forobiy (873-950) Arastudan keyin Sharqda «Birinchi muallim» nomi bilan mashhur bo‘lgan olim, usta tarjimon. U vahdat ul-mavjud nuqtai nazarida turib fikr bildirgan. Forobiy fikricha, materiya olamdagi narsa va hodisalarning asosi bo‘lib, Yer va Osmon jismlari materiya va shakldan iboratdir. U harakat materiyanig ob'ektiv xususiyati, moddiy olam va harakat manbai deb hisoblaydi. Farobiy jamiyat va insonlar haqida fikr yuritib, insoniyat qachonlaridir birgalikda tinch yashash qobiliyatiga ega bo‘lishiga oid g‘oyalarni ilgari suradi. Bilish nazariyasiga katta hissa qo‘shgan Forobiy tabiat bilish ob'ekti, inson esa bilish sohibi deydi. Bilish cheksiz bo‘lib, odamzot bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatlashga qarab borishini isbotlaydi. Bilishda hissiy va aqliy bosqichlar borligiga e'tiborni qaratadi.


    Yüklə 100,3 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə