Falsafiy meros va milliy g’oya



Yüklə 100,3 Kb.
səhifə7/10
tarix29.11.2023
ölçüsü100,3 Kb.
#142732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Falsafiy meros

Abu Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048) falsafa, riyoziyot, jo‘g‘rofiya, madaniyatshunoslik, tilshunoslik tarixiga oid 150 dan ortiq asarlar muallifidir. Vaxdat ul-mavjud nuqtai nazarida turib, olam va odam xaqida fikr yuritadi. Uning fikricha, xudo birinchi sabab, ammo materiya o‘z ichki qonunlariga ega. U to‘xtovsiz xarakatda, o‘zgarish va barham topishdadir. Beruniyning fikricha, odamda boshqalar haqida qayg‘urish hissi bo‘lgach, unda mardlik, jasorat sifatlari namoyon bo‘ladi. Inson boshqalar dardida mashaqqatlarga chidab, fidoiy bo‘lgandagina chinakam ahloq egasi sifatida gavdalanadi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk tibbiyot oliy va faylasuf sifatida jahonga mashxur. Uni zamondoshlari «Tabiblar podshosi» deb ulug‘lashgan. Uning fikricha olam yaxlit murakkab borliqdir. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat kategoriyalarini asoslab olish lozim. ibn Sino bilishda tafakkurning bekiyos roli borligini isbotlaydi.

Milliy g’oyaning hayotimizda tutgan o’rni

  • Mustaqillikdan so`ng boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish, milliy g`oya va mafkuraning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalasiga katta e`tabor qaratildi. Milliy g`oyaning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy hayoti bilan, boy tarixiy madaniy va ma`naviy merosimiz bilan bog`liqligi masalalari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlarida bayon qilingan.
  • O`zbekistonda barpo etilayotgani ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Ushbu masalaga Prezidentimizning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali marosimdagi ma`ruzasida alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. - ...Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo, yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas`uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqat o`zimizga bog`liq. Ko`zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo`lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqilnizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo`lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo`lib xizmat qiladi.
  • Milliy g`oya, milliy mafkuradagi eng muhim g`oyalardan biri komil inson g`oyasi bo`lib, bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e`tibor berilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasida boy tarixiy ma`naviy merosimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yüklə 100,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə