Fan: O`zbekiston tarixi sinf: 9-sinf



Yüklə 87,69 Kb.
səhifə3/6
tarix15.04.2023
ölçüsü87,69 Kb.
#105606
1   2   3   4   5   6
Vabo isyoni

DARSNING BLOK CHIZMASI




Dars bosqichlari

Vaqti




Tashkiliy qism

3 minut




O‘tilgan mavzuni takrorlash

12 minut




Yangi mavzuni guruhlar bilan ishlash

15 minut




Yangi mavzuni mustahkamlash

10 minut




Baholash

3 minut




Uyga vazifa

2 minut

Darsning borishi


I. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, sinf tozaligiga e`tibor qaratish, o`quvchilarni darsga
tayyorlash, davomatni aniqlash, uyga berilgan vazifalarni tekshirish, O‘zbekistonda va dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan (topshiriq berilgan o‘quvchilar orqali) tanishtirish.

Darsning jihozlanishi va darsga hozirlik ko‘rish


1.Darslik, mavzuga oid rasmlar
2.Dunyo va O‘zbekiston xaritasi
3.Tarqatma materiallar: (topshiriqlar yozilgan kartochkalar)
4. Sinf xonasini guruhlarga ishlashga tayyorlash (sinf o‘quvchilarining soniga qarab 4, 5 guruhga bo‘lib, stollarni qo‘yib chiqish)

Dars turi: Aralash


Dars jarayonida qo‘llaniluvchi metodlar: “Baxtli tasodif” o`yini, “Beshta to`g`ri, bitta noto`g`ri” o`yini “BBB” texnologiyasi.

Sinfni guruhlar bilan ishlashga tayyorlash


O‘quvchilarni guruhlarda ishlashga tayyorlash uchun dars boshlanishidan avval ularga “Baxtli tasodif” o`yini, “Beshta to`g`ri, bitta noto`g`ri” o`yini “BBB” texnologiyasi haqida tushunchalar beriladi.
.

II. O‘rganilgan mavzuni (“Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari”) so`rab baholash


O`quvchilar quyidagi “Baxtli tasodif” bilet savollarini olib javob beradilar:
Bilet № 1

  1. Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi asosan qanday ko‘rinishlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi?

  2. Mustamlakachi hukumatning Turkistonda olib borgan siyosatining maqsad va vazifalari

nimadan iborat edi?
Bilet № 2

  1. Xalq hayotining qashshoqlashishiga qanday omillar sabab bo`ldi?

  2. Nima uchun xalq harakatlari 70-yillar oxirida aynan Farg‘ona vodiysida kuchaydi?

Bilet № 3
(O`tilgan mavzuni to`liq so`rab baholash)
Bilet № 4
“Baxtli tasodif”- 5 baho
(o`qituvchi biletlarni yoki undagi savollarni ko`paytirishi mumkin)

Yüklə 87,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə