Fan: O`zbekiston tarixi sinf: 9-sinf


Qo‘zg‘olonning boshlanishi



Yüklə 87,69 Kb.
səhifə6/6
tarix15.04.2023
ölçüsü87,69 Kb.
#105606
1   2   3   4   5   6
Vabo isyoni

Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida boshlandi. Dastlab mahalliy aholining noinsof, poraxo‘r amaldorlar va sudxo‘rlarga, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga qarshi noroziligi bilan boshlandi. Bu qo‘zg‘olonchilar asosan mardikorlar va hunarmandkosiblardan iborat edi.
Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan zamondoshlardan biri shunday yozgan edi: “Qo‘zg‘olonchilaming maqsadi bo‘layo`lgan kamsitishlami to‘xtatishga erishish edi. Olomon shahar boshlig‘i S.Putinsev huzuriga chora ko‘rish to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi. Olomonda o‘qotar yoki zamonaviy qurollar ham yo‘q bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida edi”
Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub olomondan qo‘rqib ketib, shahar boshlig‘i polkovnik S. Putinsev huzuriga yordam so‘rab bekinishga urindi. Xalq S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyoriga berishni talab qildi. S.Putinsev esa muzokara o‘miga kuch ishlatishni afzal ko‘rdi. Kuch ishlatish to‘g‘risidagi buyruqdan keyin, sabr kosasi to‘lgan xalq uzoq o‘ylab o‘tirmay hokimga hujum boshladi. Uning odamlarini tor-mor etib, o‘zini kaltaklashdi. Toshkent oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va uning mirshablarini do‘pposlagan xaloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir ro`la askar chaqirildi.
Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyingi chora-tadbirlar. 0‘lka ma’muriyatining norozilik harakatlarini shafqatsiz usullar bilan bostirishi, qo‘zg‘olon ishtirokchilarini ayovsiz jazolashi mustamlakachi hukumatning asl yuzini yaqqol ko‘rsatib berdi. Toshkentdagi qo‘zg‘olon Turkiston mustamlaka ma’muriyatini jiddiy tashvishga soldi. U hukumatga politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida murojaat qildi. Sankt-Peterburg Turkiston generalgubematorining iltimosini qondirib, o`lkada «mirshablik holati»ni joriy etishga ruxsat berdi. Turkiston o`lkasida 1892-yil 18-iyundan kuchga kirgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» joriy etildi. Mustamlakachilar uchun keng vakolatlar berildi. Turkiston generalgubematori «kuchli muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda majlis-yig‘inlami tarqatish, savdosanoat korxonalarini yopish, matbuot organlarini taqiqlash, istalgan odamni surgun qilish, jarima solish va boshqa huquqlami oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e ’lon qilingan joylarda esa butun hokimiyat general-gubemator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tdi.
Ushbu qo‘zg‘olonning bostirilishida mustamlakachilar o‘z manfaatlari yo‘lida xalqning urfodatlari, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarini toptashdan ham qaytmasligini ko‘rsatdilar. Umuman olganda, mustamlakachilar har qadamda o‘zlarini o‘lkada hokim va istilochi ekanliklarini mahalliy aholiga namoyish qildi.

Toshkent ko`chasi. XIX asr



Qo`zg`olonchilarning shahar hokimiga hujumi.
Yüklə 87,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə