Fan: O`zbekiston tarixi sinf: 9-sinf


“Beshta to`g`ri, bitta noto`g`ri” o`yini



Yüklə 87,69 Kb.
səhifə5/6
tarix15.04.2023
ölçüsü87,69 Kb.
#105606
1   2   3   4   5   6
Vabo isyoni

2. “Beshta to`g`ri, bitta noto`g`ri” o`yini


T/r

Ma`lumotlar

To`g`ri yoki noto`g`ri

Kalit so`z

1

Vabo isyoni – toshotar voqeasi deb ham ataladi


Kitob

2

Toshkentda qo`zg`olon 1892 yil 24 iyunda boshlandi


Suv

3

Shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub edi


Osmon

4

Qo`zg`olonchilar taxminan 300 kishidan ortiq edi


Lola

5

Toshkent shahar hokimi S. Putinsev bo`lgan


Daftar

6

Vabo kasalligi 1892 yil, 7-iyunda Toshkentda qayd etildi


Handalak

Izoh: Noto`g`ri deb topilgan qatordagi kalit so`zni ayting
(o`qituvchi kartochkalar sonini ko`paytirishi mumkin)

V. Dars yakunlanadi va baholanadi


O‘quvchilar tomonidan bajarilgan topshiriqlarni o‘qituvchi baholash uchun o‘quvchilarning uyga
berilgan vazifalarni to‘g‘ri bajarganligi, darsdagi faol ishtiroki e’tiborga olinib baholanadi.

VI. Uyga vazifa


Yangi mavzuni darslik bo‘yicha o‘qib, mavzu oxiridagi savollarga javob tayyorlash va “BBB” jadvalini to`ldirib kelish
(O`quvchilarga misol tariqasida tushuntirib berish kerak)

BILDIM

BILARDIM

BILMOQCHIMAN




TOSHKENTDA «VABO ISYONI» (MA`RUZA)


Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. 1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uezdida, 7-iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. Shu kasallikdan vafot etgan kishilar uchun shahardan chekka joyda maxsus qabristonlar ochish va’da qilindi. Lekin amalda shahardan tashqarida faqat bitta qabriston ochildi. Sanitariya tadbirlari xalqqa ishonarli qilib tushuntirilmadi. Bundan tashqari, shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli bemorlami tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilar edi. Bu vaqtda aholi o‘rtasida mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlami qasddan zaharlayotgani, murdalaming qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to‘g‘risidagi mishmish gaplar tarqaldi.
Bunday vaziyat aholi orasida sarosimalik va norozilik keltirib chiqardi. Bu vaqtda Toshkentning Eski shahardagi xalqparvar, mustamlakachilarga yoqmaydigan oqsoqoli Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev lavozimidan chetlashtirildi. Uning o‘miga tayinlangan shaxs pora olishni kuchaytirish maqsadida boshqa kasallik bilan og‘rib vafot etganlami ham vabo uchun ochilgan shahar chekkasidagi qabristonga ko‘mishni buyurdi. Xalq bunga keskin ravishda norozilik bildirdi. Bu holat qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo`ldi.
1892-yildagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan, mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi; ikkinchidan, xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlaming ayovsiz ishlatilishi; uchinchidan, iste’mol mahsulotlari narxlarining to‘xtovsiz oshib borishi, soliqlaming ko‘pligi; to‘rtinchidan, amaldorlaming o‘z mansablarini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rligi kabi holatlaming ko‘payib ketishi bo`ldi.

Yüklə 87,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə