Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

Biz kecha bu kitobni o‘qidik
gapidagi kitobni so„z shakli bilan ifodalangan 
vositasiz to„ldiruvchini olib ko„raylik. Ma‟lumki, vositasiz to„ldiruvchi bilan 
birikishi faqat o„timli fe‟llarga xosdir. Shu boisdan vositasiz to„ldiruvchi kesimlik 
shakli bilan emas, balki kesim vazifasida ma‟no jihatidan o„timli bo„lgan fe‟lning 
kelishi bilan bog‟liqdir. So„z va gap kengaytiruvchilarini farqlashga yuqorida 
tasvirlangan mezon asosida yondashadigan bo„lsak, bu gapdagi to„ldiruvchini ham 
so„z kengaytiruvchisi - o„timli fe‟lning lug‟aviy ma‟nosi bilan bog‟liq bo„lgan 
muayyanlashtiruvchi bo„lak sifatida baholash lozim.
Demak, to„ldiruvchi ham aniqlovchi kabi so„z kengaytiruvchisi bo„lib, gapning 
qurilishida mustaqil o„rin egallaydi, balki gap tarkibiga o„zi bog‟lanayotgan o„timli 
fe‟l bilan kiradi. O„timli fe‟l gapda qanday mavqeda kelmasin, vositasiz 
to„ldiruvchi u bilan bir butunlikni tashkil etib, Shu butunlikka nisbatan bo„lak 
maqomida bo„ladi. Boshqacha aytganda, mazkur gapda to„ldiruvchi gapning 
bo„lagi emas, balki kesimning bo„lagi - bo„lak ichidagi bo„lagidir. To„ldiruvchi 
gapda ko„pincha kesimga bog‟lanadi. Lekin to„ldiruvchi faqat kesimga tobelanib 
keladi, degani emas. U barcha bo„laklarni to„ldirishi mumkin.
Egani to„ldirish: Kitobni o„qigani yaxshi bo„ldi (t+e+k).
Kesimni to„ldirish: Tolib kitobni o„qidi (e+t+k).
Holni to„ldirish: Kitobni o„qiganligi uchun savollarni tez payqadi (t+h+t+h+k).
Aniqlovchini to„ldirish: Kitobni yirtgan kishining kimligi ma‟lum (t+a+a+e+k).
To„ldiruvchini to„ldirish: Kitobdan o„qiganini so„zlab berdi (t+t+k).
Ko„rinadiki, 1- gapda to„ldiruvchi ega (o„qigani )ga, 2-gapda kesim (o„qidi)ga, 
3-gapda hol (o„qiganligi uchun)ga, 4-gapda aniqlovchi (yirtgan)ga, 5-gapda 
to„ldiruvchi (o„qiganini) ga tobelanib kelyapti.


34 
Demak, to„ldiruvchi fe‟l ifodalangan barcha gap bo„laklariga bog‟lanadi va gap 
tarkibiga o„zi bog‟langan bo„lak bilan yaxlitligiga kiradi. Bu kengaytiruvchilar o„zi 
birikayotgan so„z bilan so„z birikmasi hosil qiladi, biroq gap qurilishi bilan 
bevosita aloqador emas.
Grammatik shakllangan gaplarning minimal va maksimal lisoniy sintaktik 
qoliplari. Avvalgi fasllarda gapning eng kichik lisoniy qolipi ramzi bilan berilib, u 
gapning umumiy lisoniy mohiyati sifatida tasvirlandi. Bunda o„zbek nutqida 
qo„llanadigan barcha gaplarning eng umumiy belgilari mujassamlashgan. Nutqdagi 
barcha gaplarning kesimdan boshqa bo„laklari olib tashlansa ham, u gap bo„la 
oladi. Biroq nutqiy gaplarning lisoniy sathda bu umumiylikdan quyiroqda 
joylashgan boshqa umumiyliklari ham bor.
Modomiki, gap kengaytiruvchilari gap mohiyatini belgilovchi asosiy vosita 
bo„lgan kesimlik qo„shimchalariga tegishli ekan, degan ixcham gaplardan boshqa 
barcha kengaygan gaplarda, kesim bilan birga, yana ikkita gap bo„lagini ajratish 
mumkin. Ular ega va hollardir. To„ldiruvchi va aniqlovchi esa barcha bo„laklarga, 
bo„lakning bo„laklariga bog‟langanligi hamda so„z kengaytiruvchilari bo„lganligi 
bois lisoniy qolipdan o„rin ola olmaydi. Ular qaysi so„zga bog‟lanayotgan bo„lsa, 
lisoniy sathda ularning valentliklari sifatida yashaydi. Ixcham gaplar esa umumiy 
qolipning aynan voqelanishidir. Masalan: 
Bahor. O‘tlar yam-yashil kabi
.
Demak, ega va hol bilan gapning minimal qolipini kengaytirsak, u quyidagi 
ko„rinishni oladi. Bu gapning maksimal qolipi hisoblanadi. Boshqa barcha so„z 
kengshaytiruvchilari (to„ldiruvchi va aniqlovchilar) o„zi ergashib kelayotgan 
bo„laklar bilan bir butun holda bitta bo„lak (ega, kesim, hol) bo„lib keladi. 
Masalan, Shahobiddin hammaning boshini qizdirib, hissiyotni aqldan ustun qilgan 
bu soatda sohibqiron Amir Temurning Hindistonning podshohi bo„lgan zurriyoti 
o„zining qilich kesmaydigan, o„q o„tmaydigan nazarkarda botir ekaniga arslon 
kiyik bilan olishganda o„z g‟alabasiga aniq bo„lganday ishonmoqda edi gapida 
uchta gap gap kengaytiruvchisi bor: soatda, zurriyoti, aniq bo„lganday. Bular 
to„g‟ridan-to„g‟ri gap markazi (kesimi) dagi kesimlik qo„shimchalari bilan 


35 
bog‟langan. qolgan so„zlar esa ana Shu (soatda, zurriyoti, aniq bo„lganday, 
ishonmoqda edi) bo„laklarning ma‟noviy valentligini to„ldirayotgan so„z 
kengaytiruvchilaridir.
Gapda hollar ma‟noviy turlariga ko„ra nechta bo„lsa ham, u bitta belgisi bilan 
gap qolipidan o„rin oladi. Uyushiq bo„laklar gap strukturasida bir xil mavqeni 
egallaganliklari sababli ularni lisoniy sintaktik qolipda berishga ehtiyoj yo„q. 
Shuningdek, ajratilgan bo„laklar ham qaysi bo„lakni izohlayotgan bo„lsa, o„sha 
bo„lak bilan bir butunlik kasb etadi. Lisoniy sintaktik qolipning cheksiz rang-
baranglikda voqelanish imkoniyati ustiga nutqda har bir so„zning ma‟no valentligi 
zaminida xilma-xil so„z kengaytiruvchilari bilan kengayib kelish imkoniyati 
qo„shiladi va bu ko„rinishlarni Cheksiz miqdorda ko„paytiradi.
Lisoniy sintaktik qoliplarda har bir tashkil etuvchi (kesim, ega, hol) ning bitta 
so„z, so„z birikmasi, so„z birikmasi zanjiri, ajralmas birikmalar bilan ifodalana 
olish qonuniyati va bunday turli qurilishli birikmalarning sintaktik nuqtai nazardan 
teng huquqliligi mazkur imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Shuning uchun 
gapning o„ta sodda ko„rinish kasb etgan eng umumiy mohiyati - minimal qolipi - 
ham, undan quyidagi umumiylik - maksimal qurilish qolipi ham nutqimizda mana 
Shunday rang-baranglik va cheksiz imkoniyatlarga ega bo„ladi. Demak, kesim, 
ega, hol gapning lisoniy sathdan o„rin olgan bo„laklaridir. 

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə