Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

 
 
 
 
 
 
 


36 
XULOSA. 
Ma‟lumki, mustaqillik yillarida millatimiz ma‟naviy qadriyatlari va axloqiy 
ustunlarimizning tiklanishi hamda kamol topishiga poydevor yaratildi. Ona tilimiz 
mavqeyining tiklanlanganligi, uning davlat tili maqomiga ega boʻlganligi shular 
jumlasidan. Boshqa fanlar qatorida tilshunosligimizning dolzarb muammolariga 
yana bir karra e‟tiborni jalb qiladi. 
Demak, bugungi kunda ona tili, oʻzga tillarga hurmat muammosi bilan birga 
davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri boʻlsa, iste‟molga 
kirayotgan davlat tili madaniyati tushunchasi esa axloqiy, ma‟naviy kategoriyadan 
biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Bu esa tilning milliy tabiati yaqqol aks etadigan 
grammatik qonuniyatlarni ana shu metodologik asoslarga tayangan holda chuqur 
tahlil qilish, muammoga til va tafakkur, til va ma‟naviyat, til va madaniyat 
mushtarakligidan kelib chiqqan holda munosabatda boʻlishni taqozo qiladi.
Har qanday millatning oʻzligi uning tilida yaqqol namoyon boʻladi va uning 
ontologik belgisi sifatida amal qiladi. Ayniqsa, bu tilning grammatik qurilishida 
yorqin ifodasini topadi. Soʻzlararo bogʻlanish usullari, bogʻlovchi omillarning 
xususiyatlari va tarkibi, gap qurilishining milliy tafakkur tarziga mos boʻlishi, gap 
qurilishi qoliplarining milliy oʻziga xos xususiyatlari bu hodisalarning har birini 
milliy ruhiyat va ong, tafakkur tarzi tushunchasidan kelib chiqqan holda va u bilan 
dialektik aloqadorlikda oʻrganishni talab etadi. Bu esa har bir grammatik hodisani 
qanday metodologik asos va tadqiq usullari asosida tekshirish zarurligini aniqlash 
muammosi bilan murakkablashadi.
Koʻrinadiki, milliy tilning grammatik tizimi tadqiqida milliy ma‟naviyat va 
milliy til dialektikasi mushtarakligida ma‟naviy omillarga tayanib ish koʻrish 
masalaning bir jihati boʻlsa, lisoniy hodisani qaysi yoʻsinda va qaysi tadqiq usullari 
asosida, tilshunoslikning qaysi oqim va yoʻnalishlari tamoyillari, tayanch 
tushuncha va kategoriyalari vositasida tekshirish ikkinchi jihatini tashkil etadi. 
Shunday ekan, ilmiy tadqiqot tadqiq metodologiyasi va usullarining toʻgʻri 
tanlanishi hamda uqilishi tadqiq manbayining tekshirilayotgan qirrasi haqida 


37 
obyektiv xulosalar berish va uni xolis idrok qilish imkonini beradi.Chunki bir 
metod asosida berilgan xulosalarni boshqa metod tamoyillari asosida baholash va 
rad etish mumkin emasligi toʻgʻrisida olimlarimiz koʻp bora ta‟kidlashgan. 
Shuningdek, ishimizda sodda gaplarning lisoniy-sintaktik qurilishi va nutqiy-
uslubiy qoʻllanish imkoniyatlarini oʻrganish maqsad qilib qoʻyilgan ekan, oʻzbek 
tili grammatikasining milliylikni aks ettiruvchi bu jihatlarini tahlil qilishda 
substansial 
tadqiq 
usullaridan 
foydalanish 
samarali 
deb 
bilamiz.
Oʻzbek tilshunosligida tilimizning mohiyati, uning xilma-xil muammolarini 
yoritishga bagʻishlangan koʻplab tadqiqotlar yaratilgan va yaratilmoqda. Bugun 
oʻzbek tilshunosligi turkiy tilshuunosliklar orasida peshqadamlardan ekanligi ham 
mubolagʻa emas. Chindan ham, tilimiz jonkuyari Nizomiddin Mahmudov 
ta‟kidlaganidek, “Oʻzbek tilining mustaqillik sharoitida rivoji bilan bogʻliq 
jarayonlarni 
xolis 
ilmiy-nazariy 
asoslarda 
tadqiq 
etishni 
yanada 
muntazamlashtirish maqsadga muvofiqdir”.
Bunda til, shaxs, jamiyat uchligi va bu uchlik a‟zolari orasidagi munosabatlar 
hamda ular bilan bogʻliq qonuniyatlarni ochishga qaratilgan sa‟y-harakatlar 
yetakchilik qilmogʻi lozim. Tabiiyki til, shaxs, jamiyat uchligi va uning tarkibidagi 
a‟zolar orasidagi munosabatlar tadqiqi fanimizning keyingi taraqqiyotini 
belgilovchi ilmiy izlanishlarni talab etadi.
Fikr tushunchalarsiz bo„lmagani kabi gapning ham asosida, avvalo, so„z yotadi. 
Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning 
guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik 
imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo„laklari va so„z 
tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan bir sifatida qaraladi.

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə