Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

Gap kengaytiruvchilari. 
Gap kengaytiruvchilari gap tarkibida ma‟lum bir 
bo„lak vazifasida kelayotgan so„zlarning lug‟aviy ma‟nosi bilan emas, balki 
gapning kesimini shakllantirgan morfologik vositalarga bog‟lanadi. Masalan: Biz 
bu kitobni kecha o„qidik gapini olaylik. Bu gapda ega (biz), aniqlovchi (bu), hol 
(kecha) va kesim (o„qidik) ishtirok etgan. Gap markazi (o„qidik)ni lug‟aviy 
ma‟noni anglatuvchi va kesimlik qo„shimchalariga ajratamiz: o„qi; - dik.
Gapdagi biz (ega) kesimlik kategoriyasi shaklining -k qismiga, kecha (hol) esa 
-di qismiga bog‟langan. Kitobni so„zi (to„ldiruvchi) kesimning lug‟aviy ma‟no 
anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so„ziga bog‟lanmoqda. Buni 
Chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin: o„qi + di + k
Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik qo„shimchalariga tobelangan 
kecha (hol) va biz (ega) so„zlari gap kengaytiruvchilaridir. Berilgan gapdagi 
kesimlik qo„shimchalarini almashtirsak, uning birikuvchilari ham o„zgaradi.
Biroq 
o‘qidik
kesimining lug‟aviy ma‟no anglatuvchi qismi bo„lgan 
o‘qi
so„zining istalgan boshqa fe‟l (yoz, chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, 
-dik
qismi 
saqlab qolinsa, biz ega, kecha hol vazifasida qolaveradi.
Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo„shimchalari tarkibidagi 
shaxs-son, hol esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog‟lanadi.
Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so„zga 
tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe 


32 
birliklarning umumiy - faqat bir so„zga tobelanish, lekin birdan ortiq so„zga hokim 
mavqeyida bo„la olish xususiyatini (qonuniyatini) namoyon qiladi.
Modal kengaytiruvchilar. Ma‟lum bo„ldiki, (Pm) tarkibida tasdiq-inkor va 
modallik ma‟nolari ham mavjud. Shuning uchun (Pm) da mujassamlashgan va turli 
vositalar bilan ifodalangan tasdiq-inkor, taxmin, gumon, Shubha, ishonch, 
qat‟iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zarurat, majburiylik va h. ma‟nolar 
gap tarkibida turlicha - kirish bo„lak, kiritma bo„lak kabi gapning boshqa bo„laklari 
bilan tobe - hokimlik munosabatiga kirishmaydigan va Shu boisdan so„z 
birikmalarini ham tashkil eta olmaydigan modal so„zlar va tasdiq-inkor so„zlar 
vositasida kengaytiriladi. Masalan:
1. Nigora, ehtimol keladi.
2. Biz, Shubhasiz, yutib chiqamiz.
Gaplardagi ehtimol, Shubhasiz so„z - gaplari sodda gap tarkibiga kirak ekan, 
gap bo„laklari bilan grammatik aloqaga kirishmasa-da, mazmunan (Pm) ning 
tegishli ma‟nolarini muayyanlashtiradi. Modal kengaytiruvchilar bu bilan lisoniy 
gap mazmunini nutqda to„laroq ochishga yordam beradi. So„z kengaytiruvchilari. 
Gap tarkibidagi mustaqil so„zlik mavqeini saqlagan barcha so„zlarning ma‟noviy 
qobiliyati asosida kengaya olishini va shu qobiliyatni namoyon qilishini 
ta‟minlovchi so„zlar so„z kengaytiruvchisi deyiladi. So„z kengaytiruvchilari 
gapning qurilishiga bevosita aloqador hodisa bo„lmay, ma‟lum bir so„zning 
ma‟nosini muayyanlashtirish, uni ochib berishga aloqador bo„lgan hodisadir.
So„z kengaytiruvchisi mustaqil, alohida bir gap bo„lagi - gap qurilishining 
zaruriy tarkibiy qismi emas. U gapning ma‟lum bir bo„lagiga ergashib, tobelanib 
keladi, gap markazi - kesim tarkibidagi kesimlik qo„shimchalari bilan 
bog‟lanmaydi. Aniqlovchi ana Shunday bo„lakning tipik ko„rinishi. Masalan: Bu 
kitobni kecha o„qidik gapidagi bu aniqlovchisi to„ldiruvchi (kitobni) ga tobelangan 
va gap tarkibida to„ldiruvchi bilan bir butun holda kesimga bog‟lanadi.
Aniqlovchi gapdagi barcha bo„laklarni kengaytirishi mumkin.
Eganing kengaytiruvchisi : A‟lochi Tohir keldi.


33 
Kesimning kengaytiruvchisi: Sen ilg‟or o„qituvchisan.
Holning kengaytiruvchisi: U azim shaharda yashaydi.
To„ldiruvchining kengaytiruvchisi: Aqlli bolalarni sevaman.
Aniqlovchining kengaytiruvchisi : Beg‟ubor yoshligim taassurotlari hech 
qachon o„chmaydi.

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə