Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Jag‘-jag‘ (Achambiti)

Sapsella Bursa 
karamdoshlar - 
Brassicaceae
(butguldoshlar - Cruciferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‗yi 20-30 (ba‘zan 60) sm ga 
etadigan o‗t o‗simlik. Poyasi bitta, ba‘zan bir nechta, tik o‗suvchi, shoxlangan yoki 
shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho‗ziq lansetsimon bo‗lib, turlicha qirqilgan 
barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari mayda bo‘ladi. Gullari shingilga to‗plangan. 
Mevasi - qo'zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan 
boshlab etiladi. 
Kimyoviy tarkibi
. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi, bursa kislota, 0,12% 
askorbin kislota, vitamin K C, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, 
tiramin, inozit, flavonoidlar (uiosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda 
boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi
. Jag‗-jag‗ o‗simligining preparatlari tuqqandan keyin va bachadon 
kasalliklarida qon oqishini to‗xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni 
tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Jag‘-jag’ o‘simligjni o‘stirish texnologiyasi. 
Jag‗-jag‗ yoki achambit 
Respublikamizda barcha iqlim sharoitlarida o'sadigan bir yillik o‗t o'simligi hisoblanadi. 
Jag‗-jag‗ o‗simligini sug‗oriladigan mintaqalarda ekib o‗stirishda eng asosiy 
omillardan hisoblangan erlami agrotexnik qonun – qoidalarga rioya qilib tayyorlash 
ekiladigan ekinlardan yuqori hosil yetishtirish imkonini beradi. Undan tashqari ekinning 
turlari, ko‗p yillik yoki bir yiiligi va ulaming biologik xususiyatlarini hisobga olgan 
holda tayyorlanadi. 
Jag‗-jag‗ o‗ simligining bo‗yi 60-70 sm va ildiz tizimi 10-15 sm gacha 
tuproq qatlamlarigacha kirishi mumkin. Jag‗-jag‗ o‗simligini katta maydonlarda 
ekiladigan bo‘lsa, undan oldin ekilgan o‘tmishdosh ekinlami hisobga olish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Dalalar barcha begona o‗t ildizlaridan tozalanib, (jag‗-jag‗ begona o‗tlarga 
bardosh bera olmaydi) ildiz tizimini hisobga olgan holda haydash chuqurligi 
belgilanadi. 
Jag‗-jag‗ 
ekiladigan 
erlami 
haydashdan 
maqsad 
begona 
o‗tlardan tozalash, ularga qarshi kurashish, tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini 
yaxshilash, erlami bir xil tekislash va nam saqlashdan iboratdir. Bu tadbirlami


~ 110 ~ 
amalga oshirgan holdagina, jag‗-jag‗ o‗simligini o'sishi rivojlanishi va hosildorligi 
yuqori bo‗ladi.
Kuzda jag‗-jag‗ ekiladigan maydonlar 30 sm chuqurlikda (20-30 tonna go‗ng va 
40 kg fosfor o‗g‗iti berib) haydaladi. Erta bahorda erlar borona va mola mexanizmlari 
yordamida tekislanib, begona o‗tlardan tozalanib, tuproqning 8-10 sm li qatlami 15-
17°C qiziganda, 60-70 sm oralig‗ida ariq olinib, urug‗lar 2-3 sm chuqurlikda don va 
sabzavot ekiladigan seyalkaiarda ekiladi.
Gektariga 8-10 kg urug‗ sarflash tavsiya qilinadi. Urugiami ekishdan oddin 0-4°S 
da tezroq unib chiqishi uchun stratifikatsiya qilish lozim bo'ladi. Ekilgan urug‘lar 10-15 
kunda unib chiqadi. Maysalar oralig‗i 10-15 sm dan qilib yagana qilinadi. 
Har bir tupda 2-3 tadan sog‗lom o‗simlik qoldiriladi. To‗pbarg va gul chiqarish fazasida 
kultivatsiya qilinadi. Jag‗-jag‗ o'simligi unib chiqandan so‗ng birinchi o‗g‗itlashni 
amalga oshirish lozim bo‗ladi va gektar hisobiga 30 kg dan azotli va fosforli o‗g‗itlar 
bilan oziqlantiriladi. O‘simlik gullash fazasida oziqa elementlami ko‗p talab qiladi. 
Shulami e‘tiborga olib, gullash fazasida azotli va kaliyli o‗g‗itlardan 40 kg dan berib 
oziqlantiriladi.
O‘simlikning gullari to‗kilmasligi va poyasi baquvvat bo‗lishi uchun kaliy o‗g‗iti 
bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug‗orishdan oldin amalga oshiriladi. O‗suv davrida 
5-6 marta sug‗oriladi. Uning vegetatsion davri kalta bo‗lganligi uchun oziqlantirishni 
gullash fazasida tugatishni tavsiya qilinadi. Jag‗-jag‗ ekilgan maydonlarga o‗rtacha 
gektariga 70 kg azot, 50 kg fosfor va 40 kg kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantirilsa, yaxshi 
hosil yetishtirish imkoni tug‗iladi. 
Nazorat savollari.
1. Zubturum urug' iga qanday ishlov beriladi? 
2. Zubturum necha marta sug‗oriladi? 
3. Zubturum va moychechakning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat? 
4. Jag‗-jag‗ urug' iga qanday ishlov beriladi? 
5. Jag‗-jag‗ vegetatsiya davomida necha marta sug‗oriladi? 
6. Jag‗-jag‗ning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə