Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


~ 6 ~ 
 
 
 
1-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
 Dorivor o’simliklarni taxliliy o’rganish va yetishtirishda ilmiy-tadqiqot 
muassasalarning ro’li 
Mashg‘ulotning maqsadi:
 
Mashg‗ulot davomida talabalar dorivor o‗simliklami 
yaxshi o‗sishi ya rivojlanishi, ulardan ko'proq xomashyo yetishtirish va tuproq
unumdorligini oshirishda erni ishlashdagi texnologik jarayonlar bo‘yicha amalgam 
oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlar yuzasidan ma‘lumotlarga ega bo‘lish. 
Zarur jihozlar:
 
texnologik xaritalar, qo‘llanmalar, jadvallar va plakatlar

 
Nazariy tushunchalar 
 
Ma‘lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 
dori 
vositalarirting 
taxminan 
50% 

dorivor 
o‗simliklar 
xom-ashyosidan 
tayyorlanmoqda. Mutloq ko‘pchilik mamlakatlarda, shujumladan, O‗zbekiston 
Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday 
korxonalaming dorivor o‗simliklar xom-ashyosiga bo‗lgan talabni keskin ortishiga 
sabab bo‗lmoqda. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, tabiiy holda o‗suvchi dorivor o‗simliklar zaxiralarining 
chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalaming dorivor o‗simliklar xom-
ashyosiga bo‗lgan talabini, asosan, dorivor o‗simliklar o‗stirish orqaligina qondirish 
mumkin. 
Biroq dorivor o‗simliklar o‗stirish texnoiogiyasi fani shu vaqtga qadar mustaqil 
darslik sifatida ishlab chiqilgan emas. Buning ustiga hozirgi vaqtgacha 
mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o‗rmon, dehqon va boshqa mulkchilik 
shaklidagi xo‗jaliklarida dorivor o‗simliklarni, ularni o‗stirish texnologiyalari 
mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish 
qilinmoqda. 
Shu 
sababli 
ham 
farmatsevtika 
sanoatini 
sifatli, 
mo‗l, 
tannarxi 
arzon va ekologik sof xom-ashyo bilan ta‘minlash katta muammo bo‗lib qolaveradi. 
Dorivor o‗simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‗jaligining asosiy 
yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli 
shifobaxsh o‗simliklar xomashyosi bilan ta‘minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo‗ygan 
fandir. 
Bizning 
sharoitimizda, 
qishloq 
xo‗jaligi 
ishlarining 
mavsumiyligi, 
agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-


~ 7 ~ 
havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‗xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim 
sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor 
o‗simliklar o‗stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‗plab noqulayliklami keltirib 
chiqaradi. 
Ta‘kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va 
dorixonalarni o‗simliklar xom-ashyosi bilan ta‘minlash maqsadida ixtisoslashgan, 
fermer, o‗rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‗jaiiklarida eng ko‗pi bilan 42 
tagacha dorivor o‗simliklar turlari o‗stiriladi. 
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator 
mamlakatlarda dorivor o‗simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanish birmuncha yaxshi 
yo‗lga qo‗yilgan. 
Mustaqillikka 
erishilgandan 
so‗ng 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday 
korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanoatni dorivor 
o‗simliklar xomashyosi bilan etarli darajada ta‘minlash talab etiladi. Keyingi vaqtda 
farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarimng taxminan 50% dorivor o‗simliklar 
xom-ashyosidan 
tayyorlanayotganligini e‘tiborga olsak, dorivor o‗simliklar 
o‗stirish texnologiyasi fani naqadar katta ahamiyat kasb eta boshlaganini tasavvur qilish 
qiyin.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 10 apreldagi ―2019-2021 yillarda 
respublikaning farmatsevtika tarmog‗ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi farmoni sohadagi islohotlarning izchil rivojlanishida muhim ahamiyat 
kasb etmoqda.
Farmon bilan ―Yo‗l xaritasi‖ tasdiqlanib, ijrosini ta‘minlash, jumladan, 
farmatsevtika sanoatida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
investitsiyalarni jalb qilish, tibbiyot sohasining investitsion jozibadorligini oshirish va 
xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida qator
ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, bugungi kunda respublikamizda 162 korxona dori vositasi, 
tibbiy buyumlar ishlab chiqaradi. 2480 dan ortiq dori vositasi va 200 ga yaqin tibbiyot 
buyumini amaliyotda qo‗llashga ruxsat etilgan.
Chet el investitsiyalarining jalb qilinishi evaziga mamlakatimizda farmatsevtika 
yo‗nalishida 26 qo‗shma korxona faoliyat ko‗rsatmokda. Farmatsevtika korxonalariga 
ham imtiyozlar berilishi soha rivojiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Xususan, ―Nukus-
farm‖, ―Zomin-farm‖, ―Kosonsoy-farm‖, ―Sirdaryo-farm‖, ―Boysun-farm‖, ―Bo‗stonliq-
farm‖ va ―Parkent-farm‖ erkin iktisodiy zonalarining tashkil etilgani mahalliy 
farmatsevtika sanoati yanada rivojlanishiga xizmat qilib, aholini sifatli dori vositalari 
bilan ta‘minlash imkonini bermoqda.
E‘tiborli jihati, mahalliy ishlab chiqaruvchi 27 korxona tomonidan 25 
farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalari va 10 nomdagi tibbiy buyumlar 14 
xorijiy davlatga, jumladan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Fransiyaga eksport 
qilinmoqda. Korxonalar tomonidan eksport qilingan mahsulotlar hajmi 2018 yilning 1 
choragiga nisbatan 134,6 foizga oshdi. O‗tgan yillarda yangi farmatsevtik bozorlar – 


~ 8 ~ 
Yaman, Belarus, Janubiy Koreya, Moldova, Turkiya va Tojikiston bozorlari 
o‗zlashtirildi. 
Matbuot anjumanida yurtimizda o‗sadigan dorivor o‗simliklardan dori 
vositalarini tayyorlash haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi. 
– Mamlakatimiz florasi 4,5 ming turdagi o‗simliklardan iborat bo‗lib, 577 turdagi 
dorivor o‗simliklardan 100 turi tibbiyot fanida qo‗llaniladi, – deydi Farmatsevtika 
tarmog‗ini rivojlantirish agentligi dorivor o‗simliklar bo‗limi boshlig‗i SHerzod 
Abzalov. – O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatdan o‗tkazilgan dori vositalaridan 382 
nomdagisi o‗simlik xomashyosi hisoblanadi. Dorivor o‗simliklar plantatsiyalarini 
rivojlantirish maqsadida 11450 gektar er maydoniga dorivor o‗simliklar ekilgan. SHu 
jumladan, Qoraqalpog‗iston Respublikasida 8127 gektar er maydonida 
qizilmiya
ildizi 
plantatsiyalari tashkil etilgan. Etishtirilgan qizilmiya ildizini qayta ishlash uchun 14 
korxona faoliyat ko‗rsatmoqda. 51 korxona o‗simlik xomashyosi ishlab chiqaruvchi 
hisoblanadi. 
Shu sababli ham O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 
hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o‗simliklar o‗stirish bilan shug‗ullanuvchi 8 ta 
ixtisoslashgan xo‗jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ko‗plab o‗rmon, fermer va 
boshqa mulkchilik shaklidagi xo‗jaliklarda ham o‗stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda 
dorivor o‗simiiklar xomashyosiga bo‗lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan 
ularni o‗stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, hech bir soha boshqa fanlarning yutuqlariga 
tayanmasdan turib, o‗zlari mustaqil ravishda rivojlana olmaydi. O‗z navbatida dorivor 
o‗simliklami o‗stirish texnologiyasi ham o‗simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, 
agrokimyo, tuproqshunoslik, o‗simiiklar fiziologiyasi, o‘simliklar biokimyosi, 
o‗simliklar biotexnologiyasi, kimyo, fizika va boshqa fanlaming yutuqlariga tayangan 
holdagina o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlarga erisha oladi. 
Ma‘lumki har bir fanning o‗ziga xos metodlari – uslublari mavjud. Dorivor 
o‗simliklar o‗stirish texnologiyasi fani esa nomlari yuqorida ko‗rsatilgan barcha 
fanlaning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə