Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


-rasm.  Gummus va uning o’simlikka qo’llanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

7-rasm.
 Gummus va uning o’simlikka qo’llanishi
 
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida organik o‘g‘itlar, nafaqat oziqa 
elementlari manbai balki tuproqning biologik aktiv moddalar (vitaminlar, auksinlar, 
aminokislotalar) bilan ham ta‘minlaydi. Biologik aktiv moddalar, organik qoldiqlar 
holida bo‘lib, nafaqat o‘simlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi, balki tuproqdagi 
foydali mikrofloraning faolligini oshiradi. Organik o‘g‘it (go‘ng ) qo‘llanilgan o‘simlik-
larda vitaminlar miqdorini, o‘g‘it qo‘llanilmagan tuproqdarga nisbatag ko‘proq 
saqlaydi. 


~ 21 ~ 
Organik o‘g‘itlarning hosildorlikka ta‘siri nafaqat birinchi yilgi o‘simliklarga, 
balki keyingi ekiladigan o‘simliklar hosildorligiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. 
Kompostlashda organik chiqindilar 75-85°S ga qizdiriladi. Bunday holdagi 
kompost sochiluvchan va hidsiz bo‘ladi va o‘simliklar yengil o‘zlashtiradigan organik 
hamda mineral birikmalar, makro va mikroelementlar tutadi. Uglerod birikmalarning 
tuproqda parchalanishi SO
2
ning faol ajralishi va tuproq tarkibiga kiruvchi har xil qiyin 
eriydigan kimyoviy birikmalarning aylanishiga imkon beradi. tuproqdan ajralib 
chiqayotgan SO
2
tuproq yuza qatlamida S konsentrasiyasining oshishiga imkon beradi, 
fotosintezni stimullaydi va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshiradi. (Sidorenko 
O.D. 1997 y.). 
Aniqlanishicha torfli-go‘ngli kompostlarni chuqurroq solish tuproq qatlamini 
(haydov) tez madaniylashi sodir bo‘ladi, bunda tuproqding suv-fiziq gumus holati 
yaxshilanadi, fosfor va kaliyning oson o‘zlashtiriladigan shakllari miqdori ortadi
organik o‘g‘itlarni 25-27 sm chuqurlikka solish odatdagi 20-25 sm chuqurlikka 
solingandagiga qaraganda gumusning ko‘p to‘planishiga olib keldi. (Melsayev 
I.T.,1997). 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish organik chiqindilaridan (parranda tezagi, go‘ng, 
torf, somon va h.k.) kompost tayyorlandi. Tayyorlangan kompostlar madaniylashgan, 
gumus miqdori 5,4 % li chimli pozdzol tuproqlar sharoitida kartoshka ekiniga ta‘siri 
o‘rganildi. Kompostni 5 t/ga dan 30 t/ga normada solish kartoshka hosildorligini 44,4 
t/ga dan 57,1 t/ga oshishini ta‘minladi. Ya‘ni tuganaklar hosili qo‘shimcha 13,2 va 15 
t/ga bo‘lishini ta‘minladi. (Smirnov A.M., Shakalov V.A. 1997). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə