Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi



~ 1 ~ 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
«BIOTEXNOLOGIYA» fakulteti 
 

 
fanidan 
Amaliy mashg’ulotlar

(O’quv-uslubiy qo’llanma) 
Namangan-2020 


~ 2 ~ 
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma qayta ishlangan va to‘ldirilgan bo‘lib, 541100- 

Dorivor o’simliklar yetishtirish va qayta ishlar texnologiyasi”
ta‘lim yo‘nalishi 
talabalari uchun mo‘ljallangan. 
Uslubiy qo‘llanma bo‘lajak mutaxasisslarning nazariy kursda o‘tilgan
mavzularini amaliy mashg‘ulotlari bilan bog‘lab, fanni yaxshi o‘zlashtirishga 
yordam beradi. 
Tuzuvchilar:
Sulaymonov I.J. 
NamDU ―Biotexnologiya‖ kafedrasi dotsentii
 
Ergashev D.T.
NamDU ―Biotexnologiya‖ kafedrasi
o‘qituvchisi 
 
 
Taqrizchi:
Botirov O.

ToshDAU Andijon filiali ―Dehqonchilik va melioratsiya‖ kafedrasi mudiri, b.f.n., 
dotsent. 
Ushbu uslubiy qo‘llanma O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus 
ta‘lim vazirligining 2019-yildagi ________________ raqami bilan tasdiqlangan 
namaunaviy dasturi asosida tuzilgan va NamDU «Biotexnologiya» kafedrasining 
20__ yil ―__‖ _________dagi __-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya 
etilgan. 
NamDU Uslubiy kengashining 20__ yil ―___‖ _________dagi __-sonli 
yig‘ilishida tasdiqlangan va chop etishga ruxsat berilgan. 


~ 3 ~ 
 
Kirish
Er yuzida dorivor o‗simliklarning 10—12 ming turi bor. 1000 dan ortiq o‗simlik 
turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‗zbekistonda 
dorivor o‗simliklarning 577 turi mavjud. SHulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda 
ishlatilmoqda. 
Dorivor 
o‗simliklarning organizmga ta‘siri ularning tarkibidagi 
birikmalarning miqdoriga bog‗liq. Bu birikmalar o‗simlikning har xil qismlarida turli 
miqdorda to‗planadi. Dori tayyorlashga o‗simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda 
yig‗iladi. Masalan, po‗stloq, kurtak erta bahorda, barg o‗simlik gullashi oldidan yoki 
gullaganda, gullari to‗la ochilganda, meva va urug‗lari pishganda, er osti organlari (ildizi, 
ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi. 
Dorivor o‗simliklarning ta‘sir etuvchi moddasi — alkoloidlar, turli glikozidlar 
(antroglikozidlar, yurakka ta‘sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar
kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va 
boshqa birikmalar bo‗lishi mumkin. Ko‗p o‗simliklardan mikroorganizm va viruslarni 
yo‗qotadigan antibiotiklar va fitonsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir 
guruhga xos o‗zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda 
uchraydi, shu bilan birga ba‘zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo‗lmagan, turli oilaga 
mansub o‗simliklar tarkibida ham bo‗lishi mumkin. 
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklarni turli 
kasalliklarni davolashda foydalanib keladi. 
Hozirgi davrda dorivor o‗simliklarni turi ko‗payib, xalq tibbiyoti shifobaxsh 
o‗simliklar bilan boyigan. 
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o‗simliklarning aksariyati asrlar davomida 
xalq ishlatib kelgan o‗simliklardan olingan. Xalq meditsinasida qo‗llanib kelinadigan 
dorivor o‗simliklarni ilmiy tabobatda ishlatib bo‗lmaydi. O‗zbekistonda dorivor 
o‗simliklardan ko‗proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‗oq, jag‗-jag‗, 
zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‗t, shildirbosh, 
shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‗t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan — 
paxikarnin, 
isiriqdan 
garmin, 
itsigekdan 
anabazin, 
omonqoradan 
galantamin, 
shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po‗stidan gijja haydovchi pelterin tanat 
va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‗am ko‗chiruvchi va 
yumshatuvchi, jag‗-jag‗ va lagoxilus dorilari qon ketishni to‗xtatuvchi, pista bujg‗uni va 
choyo‗tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. 
Dorivor o‗simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 
1. Ta‘sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkoloidli, glikozidli, efir moyli, 
vitaminli va boshqalar; 
2. Farmokologik ko‗rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‗riq qoldiruv-chi, 
uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta‘sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini 
qo‗zg‗atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‗simliklar. 
Toshkentdagi kimyo-farmatsevtika zavodlarida O‗zbekistonda o‗sadigan va ekib 
o‗stiriladigan dorivor o‗simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, 
oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo‗llaniladigan psoralen, yapon soforasi 


~ 4 ~ 
g‗unchasidan vitamin A dek ta‘sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, 
kendordan strofantin, simarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi. 
Yuqorida aytib o‗tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin o‗simliklarning 
mahsulotidan foydalaniladi. SHu ko‗rsatilgan dorivor o‗simliklar mahsulotining 48% 
yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan 
xo‗jaliklarning dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22% 
„aralash― guruhni tashkil qiladi, ya‘ni bu guruh dorivor o‗simliklar mahsuloti ham yovvoyi 
holda o‗sadigan, ham plantatsiyalarda o‗simliklardan yig‗iladi. Keyinchalik „aralash― 
guruh dorivor o‗simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlarning salmog‗i umumiy 
yig‗iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda. 
Yangidan ekilishi kerak bo‗lgan dorivor o‗simliklar agrotexnikasi VILR hamda 
uning tajriba stansiyalarida, qisman fanlar akademiyasi (FA), universitetlar va oliy o‗quv 
yurtlarining botanika bog‗larida ishlab chiqilmoqda. Bu sohada VILR va uning tajriba 
stansiyalarini xizmati katta bo‗lib, ularda chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va 
subtropik dorivor o‗simliklarni Sobiq Ittifoq iqlimida o‗stirishning agrotexnika qoidalari 
ishlab chiqilgan. Mamlakatimizning turli hududlarida (zonalarida) joylashgan xo‗jaliklarida 
quyidagi dorivor o‗simliklar o‗stirilmoqda: xin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, 
dixroa, katta kella, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, 
uyatchang mimoza, to‗q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, pushti katarantus (bo‗rigul), 
yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, bo‗lakli ituzum va boshqalar. 
Sug‗oriladigan maydonlarda o‗stiriladigan dorivor o‗simliklar yovvoyi holda 
o‗sadigan dorivor o‗simliklardan katta farq qiladi, ya‘ni o‗stiriladigan dorivor o‗simlik 
mahsulotida begona o‗simliklar aralashmasi bo‗lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida 
o‗stirilgan dorivor o‗simliklar serhosil va biologik faol moddalarga boy bo‗ladi. 
Dorivor o‗simliklarni serhosil navlarini tanlab olish, ularni chatishtirish yoki 
poliploidli (xromosom sonlarini oshirish) navlarini olish yo‗li bilan ekiladigan dorivor 
o‗simliklarning hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo‗lgan kimyoviy birikmalar 
miqdorini oshirish mumkin. 
Yuqorida aytib o‗tilgan sabablarga ko‗ra, ba‘zi bir dorivor o‗simliklarni o‗stirish va 
ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mahsulotini 
yig‗ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi.bO‗zbekistonda dorivor 
o‗simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan Qishloq va suv xo‗jalik 
vazirligiga qarashli xo‗jaliklarda ekiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973-yilda Toshkent viloyati Bo‗stonliq 
tumanidagi xo‗jaliklarda dorivor o‗simliklar ekila boshladi. Keyinroq (1978-yilda) 
Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan xo‗jalik 
tashkil qilindi. Bu xo‗jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor 
tirnoqgul, na‘matak, achchiq shuvoq (erman), bo‗lakli ituzum, mayda gulli tog‗rayxon va 
boshqa o‗simliklar o‗stirilgan. Ulardan yig‗ilgan mahsulotlar O‗zbekiston dorixonalarini 
ta‘minlash uchun hamda Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga 
jo‗natilgan. 
Hozirgi kunda dorivor o‗simliklarni o‗stirib etishtiradigan maxsus xo‗jaliklar 
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil 
qilingan. 


~ 5 ~ 
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi „Farmatsiya― ishlab chiqarish 
birlashmalari qoshida dorivor o‗simliklar o‗stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bo‗lib, 
ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o‗simliklarni o‗stirmoqdalar. 
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi dorivor o‗simliklarga 
ixtisoslashgan Oxunboboev nomli ixtisoslashgan xo‗jalik dalalarida qalampir yalpiz, 
dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, besh bo‗lakli 
arslonquyruq, pol-pola, na‘matak va boshqa dorivor o‗simliklar o‗stirilmoqda. 
Hozirgi kunda tabiiy holda o‗sayotgan dorivor o‗simliklarni zaxiralari insonlar 
ta‘sirida kamayib bormoqda. Buning o‗rnini to‗ldirish va xalqimiz ehtiyojini qondirish 
maqsadida dorivor o‗simliklar turlarini ko‗paytirish va ularni O‗zbekistonning tuproq-iqlim 
sharoitlarini hisobga olgan holda sug‗oriladigan mintaqalarda ekib o‗stirish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. O‗zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o‗simliklar xomashyosi 
bilan ta‘minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor o‗simliklarni ekib o‗stiradigan 
fermer va ixtisoslashgan xo‗jaliklarni tashkil qilish va ko‗paytirish maqsadga muvofiq 
bo‗lar edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə