Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Nazorat savollari 
1.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish haqida nimalarni bilasiz. 
2.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish bilan ko‘proq qaysi tashkilotlar shug‘ulanmoqda. 
3.
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish
bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda. 
4.
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar qayerlarda ko‘proq yetishtirilmoqda.
 
 
 


~ 9 ~ 
 
2-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
 
Dorivor o ‘simliklar ekiladigan (sug’oriladigan va lalmikor) 
yerlarni tanlash va tuproqqa ishlov berishni agrotexnikasini o’rganish
Mashg‘ulotning maqsadi:
 
Mashg‗ulot davomida talaba dorivor o‗simliklami 
yaxshi o‗sishi ya rivojlanishi, ulardan ko'proq xomashyo yetishtirish va tuproq
unumdorligini oshirishda erni ishlashdagi texnologik jarayonlar, erni haydash 
chuqurligi, muddati va usullarini o‗rganadi. 
Zarur jihozlar:
 
texnologik xaritalar, jadvallar va plakatlar

 
Nazariy tushuncha 
Mamlakatimizda qish oylari ko‗p yillik o‗rtacha ob-havo haroratiga nisbatan iliq 
kelmoqda. Yog‗ingarchilik miqdori nisbatan kam bo‗lganligi tufayli ekin maydonlarida 
namlik etarli bo‗lishini ta‘minlash zarur. Buning uchun fevral oyida agrotexnik tadbirlar 
quyidagi tarzda o‗tkazilishi maqsadga muvofiq. 
Respublikamizning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida qishloq xo‗jaligi ekinlarini 
sun‘iy ravishda sug‗ormasdan turib, ko‗zlangan hosilni olib bo‗lmaydi. Chunki, 
mamlakatimizda tabiiy yog‗ingarchilik miqdori juda kam (tekis cho‗l-sahro 
mintaqalarida 90–120 mm atrofida xolos, faqatgina tog‗ va tog‗ oldi mintaqalarida 
uning yillik miqdori 360 mm. gacha yetadi) bo‗lib, u ham mavsumiy xarakterga ega 
bo‗lganligi uchun tuproqda to‗plangan tabiiy namlik qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗ini 
undirib olishga etmaydi. Bundan tashqari, suv manbalari juda chegaralangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə