Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


-rasm.  Yerni tekkislash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

3-rasm.
 Yerni tekkislash
 
O‗simliklaming ildizi normal o‗sadi va oziq elementlardan ko‗proq foydalanadi. 
Yer zichlashganda ekin ekish vaqtida qatorlar to‗g‗ri bo‗lishini ta‘minlaydi. Shuning 
uchun ekiladigan urug‗ning yirikmaydaligiga qarab: mayda urug‗ ekiladigan yer 
ekishgacha, yirik urug‗ ekiladigan yer esa ekishgacha va ekish vaqtida zichlanadi. 
Shunda urug‗ bir xil chuqurlikka tushadi. Yerni zichlashda mola, g‗altak va boshqa 
qurollardan foydalaniladi (
3-rasm)
.
 
Yerni tekislash
:
dorivor o‗simliklar ekiladigan yerlami tekislashning ahamiyati 
katta, chunki notekis yerda nam tekis yerga nisbatan tez bug‗lanadi. Tekis yerda ekinlar 
sifatli parvarish qilinadi va to‗la yig‗ishtirib olinadi, sug‗orish vaqtida suvchi va 
texnikaning ish unumi bir necha foiz ortiq bo‗ladi. Yer har yili bir 
tomonga, ya‘ni ichkariga yoki tashqariga ag‗darib haydash oqibatida uning mikrorelyefi 
buziladi. Natijada tuproqning unumdorligi har xil bo‗lib dehqonchilikka salbiy ta‘sir 
etadi. Shuning uchun yerni albatta tekislash kerak bo‗ladi. 
Yerlarni tekislashda dala maydon relefining baland joylar tuprog‗i past joylarga 
suriladi. Yerlarni tekislash ishlari traktor va maxsus (uzun yoki qisqa bazali) tekislash 
mexanizmlarida amalga oshirilib, dalaning baland joylari kesib olinib past joylariga 
tashlanadi (4-rasm). 
Fermerlar bilan suhbat davomidagi ma‘lumotlarga ko‗ra, an‘anaviy usulda yerlarni 
tekislaganda, har bir gektar dala maydon relefi eng kamida 10–15 sm ga farq qilishi 
mumkin ekan. Albatta, an‘anaviy usulda bundan ham aniqroq qilib yerlarni tekislash 
usuli bo‗lmasa kerak. 


~ 13 ~ 
4-rasm.
 Yerni traktor moslamasi yordamida tekkislash
Bir qarashda ushbu tekislashdagi dala rel‘efi juda kam farq qiladigan, yoki 
bo‗lmasa o‗ta aniq qilib tekislangan bo‗lib ko‗rinsada, aslida har bir gektarga sarf 
bo‗ladigan ortiqcha suv sarfi 1000–1500 m
3
ni tashkil qilishi mumkin. Chunki, dalaning 
o‗sha 10–15 sm bo‗lgan baland joyini ham sug‗orish kerak. Agar 100 gektar dala 
sug‗oriladigan bo‗lsa, dala maydon rel‘efi notekisligdan 100.000–150.000 m
3
ortiqcha 
suv sarf qilishga yoki sug‗orish davomida 1 gektar maydonni kichik-kichik 4-5 ta 
maydonchalarga bo‗lib sug‗orishga ketadigan qo‗shimcha xarajatlar ham hisobga olinsa 
ko‗rsatkichlar yanada ortishi mumkin. 
Eng asosiysi, ortiqcha suv tuproqning meliorativ holatiga ham juda katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Misol uchun, agar sug‗orish suvining mineralizatsiya darajasi juda kam yoki 
0.5 g/l bo‗lganda, ortiqcha suv orqali har bir gektar dala maydoniga keladigan tuz 
miqdori 500–750 kg ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, ortiqcha suv yer osti suvlar 
sathini ko‗tarib, tuproq sho‗rlanishini yanada kuchayishiga olib keladi. Bu esa qishloq 
xo‗jalik ekinlar hosildorligini keskin kamaytiradi. 
Shuning uchun bugungi kun sug‗arma dehqonchiligi oldida turgan eng dolzarb 
vazifalaridan biri qishloq xo‗jaligida yerlarni aniq qilib tekislaydigan yangi innovatsion 
texnologiyalarni tadbiq qilishdan iborat. Bu ham bo‗lsa sug‗orma dehqonchilikda 
yerlarni lazer nivelirida tekislash.
Yerlarni lazer nivelirida tekislash
deganda, dala maydon yuzasidagi eng past va 
baland joylar farqi 1-3 sm. dan oshmaydigan darajadagi, maxsus jihozli lazer nivelirli 
qurilmalar yordamida tekislash usuli tushuniladi(5-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə