Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/100
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Yer haydash chuqurligi

Erni haydash chuqurligi oddiy chizgich yoki maxsus egat 
o‗lchagich bilan o‗lchanadi. Haydash chuqurligi, yerni haydash vaqtida yoki 
haydalgandan keyin ham aniqlanadi. Yerni haydash vaqtida haydash chuqurligini 
aniqlash uchun egat o‗lchagichdan foydalaniladi (2-rasm). Egat o‗lchagich ikkita 
taxtacha (reyka)dan iborat bo‗lib, ular bir-biriga halqa yordamida siljiydigan qilib 
biriktirilgan. Ulardan biri harakatchan (siljiydigan) va santimetrlarga bo‗lingan, 
ikkinchisi harakatlanmaydi.
2-rasm.
 Yerni haydash chuqurligini o’lchash
 
 
Haydash chuqurligi plug yurishi bo‘yicha maydonning 25-30 nuqtasida o‘lchov 
chizig‘i yoki egat o‘lchagich (borozdomer, 2-rasm) bilan o‘lchanadi. Chuqurlik 
dalaning haydalmagan tomoni yuzasidan egat tagigacha o‘lchanadi. Olingan 
ma`lumotlar jamlanadi va o‘lchashlar soniga taqsimlanadi. O‘rtacha chuqurlikning farqi 
5% dan oshib ketmasligi kerak. 
Haydash chuqurligining bir tekis bo‘lishi o‘sha o‘lchashlar asosida aniqlanadi. 
O‘rtacha chuqurlikka nisbatan ayrim o‘lchashlardagi o‘zgarishlar formulaga muvofiq 
variatsiya koeffitsienti bilan aniqlanadi. 
100
x
M
w
V

bunda: 
V
- variatsiya koeffitsienti, % hisobida; 
vv
- o‘rtacha kvadratik o‘zgarish; 
M

haydashning o‘rtacha arifmetik chuqurligi. 
Haydalgan maydonda haydash chuqurligini aniqlash uchun tuproq yuzasi 
tekislanadi, yumshoq qatlam kovlab olingandan keyin chuqurlik o‘lchanadi. Chunki 


~ 12 ~ 
haydalgandan keyin tuproq hajmi ortadi, olingan kattalik 20 % ga, qisman cho‘kkandan 
esa 10-15 % kamaytiradi.
Yerga mola bostirish

Dehqonchilikda yerni yumshatish bilan bir qatorda 
zichlashga, ya‘ni mola bostirishga zarurat tug'iladi, chunki yumshoq tuproqda havo 
almashinishi jadallashib, namlikning bug‗lanishi tezlashadi. Kapillyar g'ovaklar orasida, 
ya‘ni tuproq kesakchalarining bir-biriga tegib turish oraliqlari qisqaradi va torayadi. 
Natijada nokapillyar g‗ovaklikka qaraganda kapillyar g‗ovaklik ortadi, yirik kesakchalar 
uvoqlanadi va tuproq o‗tiradi. Tuproq ma‘lum darajada zichlashtirilganda yumshoq 
tuproqqa nisbatan urug‗lami unib chiqishi tezlashadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə