Fanidan savollar va javoblar moliya moliya


Kompaniyalar duch keladigan risklarning turlari. Riskiy boshqaruvda hukumatning roli



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə12/28
tarix22.03.2024
ölçüsü80,3 Kb.
#182682
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya-fayllar.org

42. Kompaniyalar duch keladigan risklarning turlari. Riskiy boshqaruvda hukumatning roli.
Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud:
Ø risklar xavf soluvchi obyektlar sinflari;
Ø riskni yuzaga kelish sabablari;
Ø risklarga ta’sir etish imkoniyati.
43. Moliyaviy nazorat tizimining bir tipliligi va uning elementlari. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar.
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo'lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo'lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo'nalishda qaraladi: • barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan faoliyati; • moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
44. Moliyaviy rejalashtirish turlari: strategik moliyaviy rejalashtirish; joriy moliyaviy rejalashtirish, ularning funktsiyalari va o’ziga xos xususiyatlari
Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini stra-tegik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’yekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir. Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog’i lozim:
 xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
 bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
 o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurs-larni jalb qilishning manbalari qanday?
 xo’jalik yurituvchi sub’yekt pul mablag’lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daro-madligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?
O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyi-haviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyiha-larni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurs-larning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
 mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va sotish tannarxini rejalashtirish;
 pul oqimlarini rejalashtirish;
 butun xo’jalik yurituvchi sub’yekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);
 investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish

Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə