Fanidan savollar va javoblar moliya moliya


Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi nimalarga yo‘naltiriladi?



Yüklə 80,3 Kb.
səhifə28/28
tarix22.03.2024
ölçüsü80,3 Kb.
#182682
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya-fayllar.org

98. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi nimalarga yo‘naltiriladi? Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta ’m inlashga, ilmiy-teXnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni to‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo‘lga qo‘yish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga bog‘liq xarajatlar va yo‘qotmalami qisqartirish, xo‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir
99. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari. O'z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: • ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyihalami amalga oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarning hajmi va manbalarini aniqlash; • mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish; • pul oqimlarini rejalashtirish; • butun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish; • investitsiya daromadliligini rejalashtirish.
100. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo’nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, nimalarga muvofiq ravishda aniqlanadi va uning mazmuni nimalardan iborat Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng awalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihatidan katta ish bo'lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
http://fayllar.org
Yüklə 80,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə