Fanidan yakuniy nazorat uchun test savollari


Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish qanday oqibatlarga olib kelishi



Yüklə 419,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/54
tarix23.12.2023
ölçüsü419,09 Kb.
#156230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
AUDIT TEST

Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish qanday oqibatlarga olib kelishi 
mumkin? 
==== 
auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik 
tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar 
sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda 
belgilangan tartibda javobgarlikka tortish 
Auditorlik xulosasi nima uchun kerak? 
==== 
auditorlik xulosasi buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibiy qismi bo’lib, 
undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib 
xizmat qiladi 


Auditorlik xulosasi nima asosida tuziladi? 
==== 
auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi 
700-sonli AXSga ko’ra….. 
==== 
audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil 
etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim 
Auditorlik xulosasi nechta qismdan iborat bo’lishi lozim? 
==== 
3 ta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi 
Auditorlik xulosasi kirish qismi nimalar yoritilgan bo’lishi lozim? 
==== 
auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar, auditorlik tashkilotining 
hisob-kitob schyoti; tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik 
tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi, auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos 
va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi 
Auditorlik xulosasi ta’kidlovchi qismi nimalar yoritilgan bo’lishi lozim? 
==== 
moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va 
qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining 
haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. Shuningdek
ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun etarli asos 
berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks ettirilishi lozim 

Yüklə 419,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə