Fanining predmeti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#147517
  1   2
Mikroiqtisodiyot (1)


MIKPROIQTISODIYOT FANIDAN YAKUNIY NAZORAT (ON) SAVOLLARI
1 Mikroiqtisodiyot fani; Mikroiqtisodiyot rеsurslаr chеklаngаn shаroitdа chеksiz
ehtiyojlаrni mаksimаl qondirish yo`lidа аniq induviduаl sub′еktlаrning
iqtisodiy hаtti-hаrаkаtlаri vа qаrorlаr qаbul qilish jаrаyonini o`rgаnish
bilаn shug`ullаnаdi.
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoi­tida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlani­shi, iste’molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o‘rganish hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot fаnining аsosiy mаqsаdi bozor munosаbаtlаri shаroitidа iqtisodiyotdа аmаl qilаdigаn qonuniyatlаrni, rеsurslаr tаqchilligi shаroitidа jаmiyat ehtiyojini mаksimаl qondirish yo`llаri to`g`risidа iqtisodiy bilimlаrni vа ulаrni аmаldа tаdbiq etish yo`llаrini o`rgаtishdаn iborаt.

2 Kapital (kapital resurslari) - bu…; Kapital (lotincha: capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat.
Inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish resurslari (binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar)
3 Muqobil qiymat - bu…; voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 
Muqobil qiymat foydalanilmagan imkoniyat
4 Chetlanish bu… Chetlanish- bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi
farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Ushbu farq
qancha katta bo`lsa yo`qotish, ya′ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori
bo`ladi. Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m,
soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq
inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor
uchun natijaning kutiladigan qiymati:
E (x) = 4/5 × 400  1/5 × 10 000 = 320  2000 =  1 !@$#680 ming so`m.
Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan
5 Agar bozor narxi muvozanat narxdan past bo`lsa… Yetishmovchilik paydo bo`ladi.
6 Qaysi omillarning o`zgarishi talab egri chizig`ining siljishiga olib keladi?
Moda va didlarning o`zgarishi
7 Texnologiya o’zgarishi natijasida… Taklif egri chizig`ini yuqori va o`ngga siljishiga olib keladi
8 Talab qonuni - bu… Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o`rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog`liqlikni ifodalaydi.
9 Talab buTalab – bu ehtiyojlarning pul bilan qondirilgan qismidir.
10 Talab hajmiga quyidagi omillardan qaysi biri ta`sir ko`rsatmaydi? Resurslar narxi
11 Taklif qonuniga ko`ra, boshqa omillar o`zgarmas bo`lgan sharoitda tovar narxning ko`tarillishi… Taklif hajmi oshadi
12 Bozor narxi muvozanat narhdan past bo`lganda qanday holat yuz beradi? Tovar tanqisligi yuz beradi
13 Bozor narxi muvozanat narxdan yuqori bo`lganda qanday holat yuz beradi? Tovar ortiqchaligi paydo bo`ladi
14 Bozor muvozanati qachon yuz beradi? Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi.
Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi.
15 Talab o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar? - Xaridorlar yoki iste'molchilar sonining o'zgarishi
- Daromad: iste'molchilar daromadlarining o'zgarishi - Qoniqish: mahsulot / xizmatning afzalligi yoki mashhurligining o'zgarishi - Kutishlar: iste'molchilar kelajakda nima bo'lishini kutayotgan o'zgarishlar - O’xshash mahsulotlar: to‘ldiruvchilar va o‘rinbosarlar
16 Past toifali tovarlar deb nimaga aytiladi? Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar ortishi bilan tovarlarga talab pasayishi
17 Funktsiya so‘zining ma’nosi… Funksiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.
18 Taklif funktsiyasi deb nimaga aytiladi? Taklif funksiyasi taklifga ta`sir etuvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi matematik bog`liqlikdir.
19 Talab funktsiyasi deb nimaga aytiladi? Talab funksiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Talab funksiyasi talabga ta`sir etuvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi matematik bog`liqlikdir. Talab tenglamasi – bu talab miqdori va isteʼmolchining tovarni sotib olish istagi va qobiliyatiga taʼsir qiluvchi omillar oʻrtasidagi bogʻliqlikning matematik ifodasidir. Masalan, Q d = f(P; Prg, Y) – talab tenglamasi, bunda Qd – talab miqdori, P – tovar narxi, Prg – tegishli tovar narxi va Y esa daromad hisoblanadi; tenglamaning oʻng tomonidagi funksiya talab funksiyasi deb nomlanadi. Talab funksiyasidagi argumentlar roʻyxatidagi nuqta-vergul(;) oʻngdagi oʻzgaruvchilar talab egri chizigʻini (miqdor, narx) fazoda chizganda doimiy boʻlishini anglatadi.
20 Agar narxning o‘sishi jami daromadni ortishiga olib kelsa, bunday holat… No elastik deyiladi
21 ∆Q qanday topiladi? (Q- Q1) Q-talab
22 Umumiy tushum (TR) qanday aniqlanadi? Tushum savdodan yoki har qanday ishdab tushgan pul daromad (P*Q)
23 P1=40; P2=38; Q1=200; Q2=250 bo‘lganda talab… Mutloq no elastik bo‘ladi
24 Limonga bo`lgan talab 100 dona bo`lganda, har bir limon narxi 21 so`mni tashkil qiladi, talab 200 dona bo`lganda bir dona limon 18 so`m bo`lsin. Yoysimon elastik koeffitsienti nechaga teng? Talabning narxga ko’ra yoysimon elastikligini hisoblash formulasi: Q1=100 Q2=200 P1=21 P2=18 E= 4,33
25 Agar talab hajmining o’zgarishi narxning o’zgarishiga nisbatan kam bo’lsa, talab… No elastik bo‘ladi
26 O`rindosh tovarlar - bu… Iste`mol qilishda bir-birini o`rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar
27 Elastiklik - bu… Bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta`siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov
28 To`ldiruvchi tovarlarga qaysi tovarlar kiradi? Birgalikda komplektlarda iste`mol qilinadigan tovarlar
Benzin, avtomobil
29 Talab elastikligini yoysimon formulasi qaysi? (∆Q∕(Q1+Q2))∕(∆P∕(P1+P2))
30 ED=0 bo‘lsa, u holda talab… Mutloq elastik bo‘ladi
31 Chekli naflilik (MU) - bu… Biror ne`matdan qo`shimcha bir birlik iste`mol qilish natijasida iste`molchi tomonidan olinadigan qo`shimcha naf
32 Oliy kategoriyali tovar - bu… Daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar
33 Past kategoriyali tovar… Daromad oshgana talab kamayadigan tovarlar
34 Umumiy naflik - bu… Iste`mol qilingan ne`matlardan olingan jami naflik
35 Befarqlik egri chizig`i - bu… Bir hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi
36 Individual talab deb… Alohida iste`molchining talabi
37 Amortizatsiya - bu… Ishlab chiqarish xajmiga qarab o‘zgamaydi bosqichma-bosqish asosiy capital qiymatining ma`lum bir qismini ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o`tkazish yo`li bilan uni qoplash tushuniladi
38 Chekli mahsulot - bu… Boshqa omillar sarfi o`zgarmaganda bir birlik biror omildan qo`shimcha foydalanish hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot
39 Izokvanta - bu… Bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi omillar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq
40 Izokosta - bu… Yig`indisi bir hil yalpi harajatga teng bo`lgan resurslar sarflarini kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq
41 Izokosta tenglamasi to’g’ri berilgan qatorni belgilang. w*L+r*K=C
42 Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘lsa, u holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi: Q = f ( L )
43 Hamma iqtisodiy tizimlar uchun fundamеntal muammo bo’lib hisoblanadi, bu: tahlil usuli
44 Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Q = f (K, L, M)
45 Ishlab chiqarish - bu… Bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir
46 Texnologiya - bu… Bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi amaliy bilimlardir
47 Qisqa muddatli davr … Deb, firma o‘z resurslarining bir qismini son jihatdan o‘zgartirib qolgan qismini o‘zgarmas holatda qoldirish davriga aytiladi
48 Qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? Mavjud doimiy resurslar sharoitida firma o‘zgaruvchan resurslar hajmini o‘zgartirib ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi
49 Uzoq muddatli davr… Deb, firma o‘zi foydalanayotgan jami resurslarning sonini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrga aytiladi
50 Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni - bu… Biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytirad 51 Ishlab chiqarish jarayoni - bu…
Ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni
52 Mehnat vositalari - bu… Mexanizmlar texnologiya, dastgohlar, binolar, tovar moddiy boyliklari, va mehnat qurollari
53 Model deganda… Iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi
54 Texnologik jarayon deb… Bitta ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan bir ish joyida mehnat buymlari o‘zgarmagan sharoitda bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismiga aytiladi
55 Almashtirish samarasi - bu… Ish haqini ortishi natijasida bo`sh vaqtning qisqarish
56 Tushum - bu… Sotilgan tovar miqdorini narxga ko`paytirilganiga teng
57 Yerning ijara haqi - bu… Yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda er egasiga to`lanadigan pul miqdori
58 Umumiy mahsulot - bu… Ma`lum vaqt oraligida jami ishlab chiqarilgan mahsulo
59 Funktsiya - bu… Bu matematik tushuncha bo`lib, bog`liq o`zgaruvchi bilan erkin o`zgaruvchilar o`rtasidagi miqdoriy bog`liqlikni ifodalayd 60 Izokvantalar haritasi - bu… Izokvanta-bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi omillar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq Bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma`lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to`g`ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida aks ettiradi.
61 Narx - bu… Bir birlik tovarni sotib olish uchun to`lanadigan pul miqdori
62 Tomas Maltusning qonuni - bu… Mahsuldorlikning kamayish qonuni
63 O`rtacha mahsulot o`sadi… Agar chekli mahsulot o`rtacha mahsulotdan katta bo`lsa
64 ∆L qanday aniqlanadi? (L- L1)
65 Ishlab chiqarish hajmi maksimal bo`lganda… MPL=0
66 Chekli texnologik almashtirish normasi - bu… Ishlab chiqarish hajmi o`zgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan almashtirish mumkinligini ko`rsatadi
67 Masshtab samarasi - bu… Bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi sur`ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o`sish sur`ati o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi
68 ∆K qanday topiladi? (K- K1)
Firma deganda… Ishlab chiqarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini iqlashtiruvchi institutsional tuzilma hisoblanadi
69 Korporatsiya deganda… Paychilikka asoslangan jamiyat bo`lib, har bir mulk egasining mas`uliyati ushbu korxonaga qo`shgan hissasi bilan cheklangan
70 Foyda olmaydigan tashkilotlar deganda…Foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari

71 Qaytarilmaydigan harajatlar…Oldin qilingan harajatlar bo`lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas


72 O`zgarmas harajat deganda…Mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan harajat
73 O`rtacha o`zgarmas harajat deganda…Bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas harajat
74 O‘zgaruvchan xarajatlar nima?Ishlab chiqariladigan maxsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan xarajatlar
75 Agar VC=100, Q=5 bo`lsa, AVC=?AVC-average variable cost AVC=VC/Q AVC=20 Q-ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
76 Faqat bitta sotuvchi va ko’pchilik xaridorlar bo’lgan bozor qanday nomlanadi?Monopoliya
77 Ikkita firmaning o’zaro raqobatlashuvi modelini yaratgan iqtisodchi kim?Kurno
78 Sotuvchi ko’pchilikdan iborat, lekin xaridor bitta bo’lgan bozor qanday bozor deyiladi?Monopsoniya
79 Ishlab chiqarish omillari o’z ichiga quyidagilarni oladi…Mehnat, yer, kapitalni
80 Iste’molchining yakka hokimligiga asoslangan bozor tipi nima deb ataladi?Monopsoniya
81 Daromad o’zgarganda, talab egri chizig’i qaysi tomonga suriladi?Daromad oshsa-o’ngga, pasaysa-chapga
82 Taklif hajmiga qaysi omillar ta’sir etmaydi?Aholining tug’ilish va vafot etish darajasi
83 Befarqlik egri chizig’i va izokvantlar egri chizig’i bir xil narsami?Ular o’xshash, lekin izokvantalar faqat ma’lum miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq
84 Qisqa muddatli davr nima?Bu davrda faqat bitta ishlab chiqarish omili o’zgaradi
85 Uzoq muddatli davr nima?Barcha ishlab chiqarish omillari o’zgaradigan davr
86 Boshqa tur mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib qilinadigan xarajatlar nima?Muqobil xarajatlar
87 Doimiy harajatlarga nimalar kiradi?Mahsulot o’sishiga bog’liq bo’lmagan harajatlar
89 Agar FC=100, Q=2 bo`lsa, AFC=?
AFC-average fixed cost AFC=FC/Q AFC=50
90 Pirovard (chekli) daromad deb nimaga aytiladi?Mahsulot hajmini bir birlikka o‘sishi natijasida daromadning o‘sishiga aytiladi
91 Agar TR=100, Q=2 bo`lsa, AR=?TR-Total revenue umumiy daromad AR-average revenue AR=TR/Q AR=50
92 Monopol hokimiyatni aniqlash usuli kim tomonidan taklif etilgan?Abba Lerner
93 Oligopoliya so‘zi grekcha bo‘lib, nima ma’noni anglatadi?Oligos - ozgina, poleo - olaman
94 Oligopoliya - bu…Bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi
95 Bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog`liq harajatlar - bu…Transaksion harajatlar
96 Tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llari - bu…Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Mavjud noaniqliklar va xatarlar tadbirkorni o`z loyihasining foydaliligini chuqur tahlil etishga, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni tejamkorlik asosida puxta sarflashga, asosiy vositalar va aylanma mablag`lardan samarali foydalanishga, baho siyosatini to`g`ri belgilashga undaydi. Aks holda korxona faoliyati inqiroz bilan yakun topishi mumkin.
tavakkalchilikning paydo bo`lishidan qochish.
- tavakkalchilikning ta’sirini kamaytirish.
Birinchi holatda tadbirkor o`z faoliyatiga xavf tug`diradigan har qanday xatarni chetlab o`tishga harakat qiladi.
Ikkinchi holatda tadbirkor tavakkalchilikning korxona ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga ta’sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi.
Tavakkalchilikni kamaytirishning yo`nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak:
- agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog`langan bo`lsa, bunday holatda tavakkalchilikni chetlab o`tish imkoniyati bo`lmaydi;
- bir turdagi tavakkalchilikdan qochish ikkinchi turdagi tavakkalchilikni tug`dirishi mumkin;
- tavakkalchilikdan qochish yuqori foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi;
- tadbirkorlik faoliyati ko`lami va kutilayotgan foyda miqdori qancha yirik bo`lsa, tavakkalchilikni yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo`ladi va hokazo. Diversifikatsiya, sug‘urtalash, ko‘proq ma’lumot olish
97 Tavakkalchilikni taqsimlash - bu…Ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi
98 Tavakkalchiliklarni qo‘shish - bu…Ushbu usul tasodifiy yo`qotishlarni o`zgarmas harajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan
99 Chetlanish - bu…Chetlanish- bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta bo`lsa yo`qotish, ya′ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori bo`ladi. Faraz qilaylik tadbirkorning bir oylik soliq to`lovi 400 ming so`m,
soliq to`lashdan qochganlik uchun jarima 10 000 ming so`m. Agar soliq inspeksiyasining yashirgan soliqni aniqlash ehtimoli 1/5 bo`lsa, tadbirkor uchun natijaning kutiladigan qiymati: E (x) = 4/5 × 400  1/5 × 10 000 = 320  2000 =  1 680 ming so`m. Demak, soliqdan qochish tadbirkorga foyda keltirishdan ko`ra zararli ekan
100 Diversifikatsiya - bu… Mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi.
101 Yopiq auktsion nima? Qatnashuvchilar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tovar uchun stavkalar qo‘yad
102 Transaktsion yoki operatsiyalar xarajati - bu… Tovarlar almashuvi sohasidagi xarajatlardi
103 Opportunistik xarajat deb… Sherik hisobidan foyda olish maqsadida shartnomada ko‘rsatilgan shartlarni bajarishdan voz kechadigan shaxslar harakatiga aytiladi 104 Musbat (ijobiy) tashqi samara formulasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
MSB=MPB+MEB
MSB=
Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə