Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari Fanning asosiy bo‘limlari



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə3/6
tarix24.01.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#99107
1   2   3   4   5   6
Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati

Fanning asosiy bo‘limlari


Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:

  1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.

  2. Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.

  3. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.

  4. Xafsizlik texnikasi asoslari.

  5. Yong‘in xavfsizligi.

  6. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ishlarning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Tashkiliy asoslarida ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalarining roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini гo‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish уo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.

Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə