Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari Fanning asosiy bo‘limlari


Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə2/6
tarix24.01.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#99107
1   2   3   4   5   6
Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar:

  • ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;

  • mehnat xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o‘rganish;

  • xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish уo‘llari;

  • sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish

bo‘yicha sanitar-gigiyenik tadbirlar;

  • ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina- mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari;

  • yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalari va usullari;

  • jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalari.

Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda uddalashlari lozim:

  • xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;

  • mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;

  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnomalar («instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish tartiblarini bilish;

  • malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash;

  • mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar («instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o‘rganish;

  • ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigiyenik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, хоnа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish;

  • o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish;

  • jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.


Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə