Fanning asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari Fanning asosiy bo‘limlari



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə6/6
tarix24.01.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#99107
1   2   3   4   5   6
Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati

«Mehnat muhofazasi» – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavf-sizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenik va davolash profilaktik tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati


Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir:

  • korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi;

  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa уo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;

  • mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;

  • mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;

  • korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;

  • mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;

  • oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash;

  • xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini rag‘batlantirish;

  • fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘oг tajribasidan keng foydalanish;

  • ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;

  • korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;

  • ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga уo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himo-yalash;

  • kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxo-nalar hamda alohida shaxslaming mehnatni muhofaza qilishni ta’-minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llаb- quvvatlash;

  • mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni уo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi.

Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.

  2. V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.

  3. O. Qudratov, T. G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.

  4. H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.

  5. O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.

Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə