Farg’ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti tarix yo’nalishi 19. 76A guruh talabasi Olimov Dilshodbekning “Fan va texnika tarixi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Qadimgi Yunoniston ilm-fanini davrlashtirish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə10/10
tarix13.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#86980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Olimov Dilshodbek Fan va Texnika tarixi mustaqil ish

Qadimgi Yunoniston ilm-fanini davrlashtirish:

Qadimgi Yunonistonda ilm-fan rivojini yunon tarixining arxaik davridan (miloddan avvalgi VII-VI asrlar) boshlab ko'rib chiqamiz. Bu davr Ellada hayotidagi chuqur ijtimoiy o'zgarishlar davri,

shahar-davlatlarning shakllanishi.


POLISNY DAVR:

ELLINISTIK DAVR:
    • Miloddan avvalgi IV - I asrlar)miloddan avvalgi

Arxaik Yunoniston (miloddan avvalgi VII - VI asrlar)

Klassik Yunoniston (miloddan avvalgi V - IV asrlar)

POLISNT DAVR

Eramizdan oldingi Y asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan Y asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, "Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.

Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi.

Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.

Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.

Y-asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini "sofistlar” deb ataganlar.

Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.

Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.

Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni "birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri "Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.

Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani "Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:

£ЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА - TMA Library

  • http://library.tma.uz › 1-Ўзбекча › mdfmmr01_uzl
  • qadimgi yunonistonning buyuk mutafakkirlari - Kutubxona
  • http://library.ziyonet.uz › book › download
  • www.ziyouz.com sayti
  • karnod.ucoz.ru – 1 veb sayti
  • (PDF) JAHON TARIXI (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston ...
  • https://www.researchgate.net › publication › 340135641_...

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə