Farg’ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti tarix yo’nalishi 19. 76A guruh talabasi Olimov Dilshodbekning “Fan va texnika tarixi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə8/10
tarix13.05.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#86980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Olimov Dilshodbek Fan va Texnika tarixi mustaqil ish

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Yevkripid kabi mashxur shoir-drammaturglar ijod etganlar. Ularning har biri o’lmas qo’shiq, she’r va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bo’lib, u miloddan avvalgi 525-456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan.U “Tragediya otasi” hisoblanadi. Uning eng mashxur tragediyalari “Zanjirband Prometey” va “Forslar”dir. “Zanjirband Prometey” asarida paxlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi. Rivoyatga ko’ra, u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qo’lga o’rgatishni, kema yasashni, “hisob ilmi” va xat savodni o’rgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni g’azablantirib Prometeyni tog’ qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini cho’qib yeyishni buyuradi.Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan maxrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday g’azab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qa’riga tushib ketadi. Esxilning ‘Forslar” tragediyasi miloddan avvalgi 492-449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bag’ishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi SOFOKL dir.U miloddan avvalgi 496-406 yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir.U 120 dan ortiq tragediya yozgan bo’lib, uning “Shox Edip” va “Antigona” tragediyalari mashxurdir.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə