Farmakologiya


Qonga tushgan zaharlovchi moddaning chiqarilishini tezlashtirish



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə21/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Qonga tushgan zaharlovchi moddaning chiqarilishini tezlashtirish:
Agarda zaharlovchi modda qonga qisman yoki to‘liq so‘rilgan bo‘lsa, u holda barcha asosiy chora-tadbirlar uni tezroq organizmdan chiqarib yuborishga qaratiladi. Buning uchun forsirlangan diurez, peritoneal dializ27, gemodializ, gemosorbsiya, qon almashtirish va b. amalga oshirilishi lozim.
Forsirlangan diurez - usulida organizmga vena orqali katta miqdordagi suyuqliklar bilan birga yuqori faollikka ega bo‘lgan diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi, mannit) ni kiritish tavsiya etiladi. Ayrim paytlarda zaharlovchi moddaning tabiatiga qarab siydikning pH muhitini kislotalik yoki ishqorlik tomonga siljitish orqali uning buyrak kanalchalaridan reabsorbsiya qilinishini kamaytirish ham mumkin. Bu usul yordamida oqsillar va yog‘lar bilan bog‘lanmagan zaharlovchi moddalarnigina chiqarish mumkin. Forsirlangan diurez usulida organizmda katta miqdorda elektrolitlar muvozanatining buzilishi kelib chiqishi tufayli uni o‘tkazishning o‘ziga xos qarshi ko‘rsatmalari ham mavjud bo‘lib, yurak-qon tomir o‘tkir yetishmovchiligi, buyrak faoliyatining kuchli buzilishi, miya va o‘pka shishi xavfi bo‘lgan holatlar shular jumlasidandir.
Peritoneal dializ - usulida qorin bo‘shlig‘I katta miqdordagi elekrolitlar eritmasi bilan yuviladi. Zaharlovchi moddaning tabiatiga bog‘liq holda turli dializlovchi suyuqliklar ishlatiladi va qorin bo‘shlig‘iga infeksiya tushishining oldini olish maqsadida ularni antibiotiklar bilan birga tavsiya qilinadi. Mazkur usulning samaradorligi yuqori bo‘lishi bilan birga, barcha kimyoviy birikmalar ham dializlanavermasligini ham unutmaslik lozim.
Gemodializ (sun’iy buyrak) - usulida qon yarim o‘tkazgich membranali dializator orqali o‘tkaziladi va katta miqdordagi oqsillar bilan bog‘lanmagan zaharlovchi moddalarni ajratib oladi (masalan, barbituratlarni). Arterial qon bosimining keskin darajada tushib ketishi gemodializ uchun qarshi ko‘rsatma bo‘ladi.
Gemosorbsiya - usulida toksikatsiyaning bir turi bo‘lib, unda qondagi zaharli moddalarni maxsus sorbentlar (masalan, qon oqsillari bilan qoplangan granulalangan faollashtirilgan ko‘mir) yordamida absorbsiya qilinadi. Antipsixotik vositalar, anksiolitiklar va fosfororganik birikmalar bilan o‘tkir zaharlanishlarda mazkur usulning samaradorligi juda yuqori. Bundan tashqari, zaharlovchi modda yomon dializlansa va gemodializ usuli yordam bermasa, ushbu usulni qo‘llash orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Qon almashtirish - usuli – dori moddalari bilan o‘tkir zaharlanishlarning og‘ir kechishida ishlatiladi. Bunda bemordan qon olish bilan birga unga yangi qon ham quyiladi. Bu usul ko‘pincha qonda metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalar bilan zaharlanishlarda juda qo‘l keladi, masalan, nitratlar, nitrobenzollar va b. Shuningdek, ushbu usul oqsillar bilan kuchli bog‘lanuvchi yuqori molekulyar birikmalar bilan zaharlanishlarda ham juda foydalidir. Tromboflebitlarda va qon aylanishining kuchli ifodalangan buzilishlarida qon almashtirish usulini qo‘llash mumkin emas.
Keyingi yillarda ayrim dori moddalari bilan o‘tkir zaharlanishlarda plazmoferez28 usuli ham keng qo‘lanila boshladi. Bu usulda bemorning qoni tarkibidagi shaklli elementlarni to‘liq saqlab qolgan holda plazmasi ajratib olinadi va keyin uning o‘rniga donorlardan olingan yangi plazma yoki albumin bilan elektrolitlar eritmasi quyiladi.
Agarda zaharlovchi modda nafas yo‘llari orqali ajraladigan birikma bo‘lsa (masalan, ingalyasion narkoz vositalari va b.), u holda bemorga kuchli – forsirlangan nafas oldirish orqali ham uning organizmini dezintoksikatsiya qilsa bo‘ladi. Buning uchun o‘pkagi perventilyasiyasini karbogen yoki boshqa nafas analeptiklari yordamida chaqirish mumkin yohud bemorga sun’iy nafas oldirish lozim. O‘tkir zaharlanishlarni davolashda zaharlovchi moddaning organizmdagi parchalanish jarayonini tezlashtirish katta ahamiyatga ega emas.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə