Farmakologiya


Qonga so‘rilgan moddaning zaharliligini bartaraf etish



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə22/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Qonga so‘rilgan moddaning zaharliligini bartaraf etish:
Agarda bemorning qaysi modda bilan zaharlanganligi aniq bo‘lsa, unga nisbatan ziddi zaharlar (antidot29) qo‘llash orqali organizm detoksikatsiya qilinadi. Ziddi zaharlar – turli kimyoviy moddalar bilan zaharlanishlarni spetsifik davolovchi vositalardir. Ularga zaharlovchi moddalar bilan fizik yoki kimyoviy o‘zaro ta’sirlashuvchi yohud farmakologik antagonizm (fiziologik retseptorlar va tizimlar) orqali ta’sir qiluvchi vositalar kiradi. Masalan, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishlarda ular bilan birikkandano toksik kompleksonlar hosil qiluvchi birikmalar (unitiol, D-penitsillamin, trilon-B va b.) qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, shunday ziddi zaharlar borki, ular zaharlovchi modda bilan reaksiyaga kirishadi va substrat hosil qiladi (oksikamlar – xolinesteraza reaktivatorlari, metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalar bilan zaharlanishlarda qo‘llaniluvchi ziddi zaharlar va b.). O‘tkir zaharlanishlarda farmakologik antagonistlardan ham keng foydalaniladi (fosfor organik birikmalar bilan zaharlanganda atropinni, morfin bilan zaharlanganda naloksonni, kuraresimon vositalar bilan zaharlanganda pimadinni va b. qo‘llash). Hozirgi kunda o‘tkir zaharlanishlarni davolashda zaharlovchi moddaga qarshi spetsifik antitanachalar yaratish o‘ta istiqbollidir (digoksinga qarshi spetsifik antitanacha – digibid).
Ziddi zaharlar bilan davolash zaharlanishdan keyin qancha erta boshlansa, samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Agarda a’zo va to‘qimalarda, tizimlarda shikastlanishlar, faoliyatining kuchli darajadagi buzilishlari kelib chiqqan paytlarda hamda zaharlanishning terminal bosqichlarida ziddizaharlarning samaradorligi yuqori bo‘lmaydi.
O‘tkir zaharlanishlarni simptomatik davolash:
Yuqorida keltirib o‘tilgan davolash chora-tadbirlari bilan bir qatorda o‘tkir zaharlanishlarni (ayniqsa, spetsifik ziddi zaharlari bo‘lmagan dori moddalari bilan) davolashda ular keltirib chiqargan belgilarga qarshi simptomatik davo o‘tkazish ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Bunda asosiy e’tibor hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolarning (yurak, nafas) faoliyatini ushlab turishga qaratilishi lozim. Bu maqsadda ko‘pincha kardiotoniklar, arterial qon bosimini boshqaruvchi hamda periferik to‘qimalarda mikrotsirkulyasiyani yaxshilovchi vositalar, nafas apaleptiklari va ba’zida oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Tortishish va titrashlarda diazepam, aminazin kabi tutqanoqqa qarshi vositalar, o‘pka va miya shishida furosemid va mannit singari diuretiklar, kuchli og‘riqlarda morfin va unga o‘xshash analgetiklar qo‘llaniladi. Kislota-ishkor muvozanati buzilishlarida tegishli preparatlarning eritmalari kiritiladi. Atsidozlarda natriy gidrokarbonat, alkalozlarda esa ammoniy xlorid eritmalari qo‘llaniladi. Shuningdek, suv-elektrolit balansining muvrozanatini ham nazorat qilib turish lozim.
Yuqorida ta’kidlanganlardan ko‘rinib turibdiki, dori moddalardan o‘tkir zaharlanishlarni davolashda majmuaviy detoksikatsion hamda simptomatik davo chora-tadbirlari bilan birga zarur paytlarda reanimatsion jonlantirish amaliyoti ham olib boriladi.
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish:
Dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish har bir shifokorning asosiy vazifasi hisoblanadi. Buning uchun har bir dori vositasini asosli ravishda tavsiya qilish va shuningdek, dori preparatlarini kasalxona hamda uy sharoitida saqlanishiga juda katta ahamiyat berish lozim. Dori vositalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda shkaf va muzlatkichlarda saqlash mumkin emas. Ularni yosh bolalarning qo‘li yetmaydigan joylarda saqlash kerak. Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan dori preparatlarini darhol yo‘q qilish lozim, Chunki uni kasalxonada yoki uyda kimdir bilmasdan ishlatib qo‘yishi ehtimoli bor. Ko‘pchilik dori vositalarini faqatgina shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash va bunda ularning ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi borligiga, yaroqlilik muddatining o‘tib ketmaganligiga, preparatlarning saqlanish holatiga hamda dozasiga katta ahamiyat berish kerak. Bu talab ayniqsa tarkibida zaharli hamda kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar saqlovchi dori vositalari uchun o‘ta zarur hisoblanadi. O‘z-o‘zini davolash holatlariga ham imkoni boricha chek qo‘yish kerak, Chunki ko‘pchilik holatlarda ular o‘tkir zaharlanishlarga sabab bo‘ladilar.
Agarda barcha tibbiy xodimlar va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan oddiy insonlar yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarga to‘liqrioya qiladigan bo‘lsalar, u holda dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldi olinishiga 100 foiz kafolat berish mumkin.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə