Farmakologiya


β adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə41/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

β adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar


(β -adrenoblokatorlar)
Bu guruh moddalarning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi jihatidan izadringa (β-adrenomimetik) o‘xshab ketadilar, lekin ular β-adrenoretseptorlar bilan birikib, qo‘zg‘atish chaqirmaydi, aksincha bloklaydilar va shu tufayli NAni retseptorlarga ta’sir qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
Anapirlin - β1 va β2 adrenoretseptorlarni qamal qiladi. Yurakdagi β-adreno­retseptorlarni qamal qilish tufayli yurakning urish tezligi va kuchini pasaytiradi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni va avtomatizmni susaytiradi. Skelet mushaklari, jigar va boshqa tomirlarning β-adrenoretseptorlarni qamal qilgani uchun, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi. Bunda preparatning yurak sistolik hajmini kamaytirish, renin miqdorini kamaytirish va MNS faolligini susaytirish kabi ta’sirlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bronxlarning β2-adreno­retseptorlarni bloklanishi tufayli anaprilin bronxospazmni rivojlantiradi, lekin miokardni kislorodga bo‘lgan talabini kamaytiradi. Preparat bachadon qisqarishini kuchaytiradi, glikoliz va lipolizni sekinlashtiradi. MITdan anaprilin tez so‘riladi. Qonda maks. konsentratsiyasi 1-1,5 soatdan keyin yuzaga chiqadi. Platsentar bar’erdan oson o‘tadi. Anaprilin bilan davolash davomli bo‘ladi.
Qo‘llanilishi:

  • yurak ishemik xastaligida;

  • xafaqonlik xastaligida;

  • sinus va paraksizmal taxikardiya kabi aritmiyalarda;

  • ekstrasistoliyalarda;

  • tireotoksikoz (taxikardiyani daf etadi);

  • diffuz toksik buqoq xastaligida (yurak-tomir, neyro-psixik o‘zgarishlarni daf etadi);

  • bachadonni birlamchi xolsizligida, uni qisqarishini kuchaytirish va qo‘zg‘atish maqsadida;

  • tug‘ishdan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida (qon ketishini);

  • ochiq burchakli glaukomada, suyuqlik ishlab chiqarish susaytiradi (alohida dori formasi TOPIM ko‘z tomchisi).

Noxush ta’siri: umumiy xolsizlik, ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya, bradikardiya, bosh aylanishi, broxospazm, allergik reaksiyalar (teri qichishi) parishonxotirlik va fikr tezligini susayishi (mashina xaydash mumkin emas).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xollar: Sinus bradikardiyasi, atrioventrikulyar qamal, gipotenziyalyar, kuchli rivojlanagan yurak etishmovchiligida, bronxial astma, qandli diabet, homiladorlik, periferik qon aylanishining buzilishida, spastik kolitlarda.Oksprenolol (trazikor) - Ta’siri ji xatidan anaprilinga yaqin, lekin yurak qisqarishining tezligi va kuchiga ta’siri sustroq. Simpatolitik faollikka ega. Bronxospazmni kamroq yuzaga keltiradi. Anaprilinga qaraganda, oksprenololni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Anaprilinga o‘xshab qo‘llaniladi, noxush ta’siri ham unga o‘xshash.
Metoprolol-β1-adrenoreaktiv strukturalarni tanlab qamallovchi hisoblanadi. (kardioselektiv ta’siri). MITdan tez so‘riladi. Ta’siri taxminan 12 soat davom etadi. jigardan o‘tish jarayonida ko‘p qismi parchalanadi, metabolitlari peshob tarkibida chaqiriladi.
Qo‘llanilishi: xafaqonlik, stenokardiya, aritmiyalar (supraventrikulyar taxikardiya-lar, bo‘lmachalar fibrilyasiyasi, korinchalar ekstrosistoliyasi), gipertireoidizm, infarktni oldini olish.
Noxush ta’sirlari: bosh og‘rig‘i, charchash, uyquni buzilishi, bronxlar tonusini oshishi, ayniqsa bronxial astmada.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə