Farmakologiya


α va β -adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə42/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

.α va β -adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar


(α, β adrenoblokatorlar)
Lobetalol- binar ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni bir vaqtning o‘zida xam β, xam α1-adrenoretseptorlarni qamal qiladi, lekin β-adrenoretseptorlar α ga nisbatan lobetalol ta’siriga sezuvchanroq. Lobetalol NA ni neyronal yutilishini susaytiradi. Ta’sir kuchi bo‘yicha anaprilin va fentolamindan kuchsizroq. Preparat yurak qisqarishining soni va kuchiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Lekin β-blokatorlik xususiyati bilan periferik qon tomirlarni kengaytirish qobilyati preparatni gipotenzivlik ta’sirini ishonchli bo‘lishiga omil bo‘ladi. Preparat tomirlarning periferik qarshiligini yaxshi tushiradi. β-blokatorlarga nisbatan qon bosimini tushirish ta’siri tez rivojlanadi va 8-10 soat davom etadi, bronxospazm chaqirmaydi. MITdan tez so‘riladi, ko‘p qismi jigarda parchalanadi, faol bo‘lmagan metabolitlari peshob tarkibida ajraladi. Venaga kiritilishi bemorni yotqizib amalga oshiriladi, chunki qon bosim tez tushib ketadi.
Qo‘llanilishi: xafaqonlik (antigipertenziv vosita).
Noxush ta’siri: boshylanishi, bosh og‘rig‘i,ko‘ngil aynash, qaytqilish, qabziyat yoki ich ketish, quvvatsizlik, terining qichishishi.
Qo‘llab bo‘lmaydigan holatlar: kuchli rivojlanganda, yurak qon tomir etishmovchiligi, atrioventrikulyar qamal. Proksodolol-α va β-adrenoblokator. Antigipertenziv, antiaritmik va antiishemik ta’sirga ega. Qon tomirlarning periferik qarshiligini kamaytiradi. YUrakning sistolik hajmini kamaytiradi. Ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi. (suyuqlik ishlab chaqirishni ozaytiradi). Lobetalolga o‘xshash ko‘rsatmalarda qo‘llaniladi.

.Bilvosita ta’sir etuvchi adrenomimetiklar


  1. Simpatomimetiklar.

  2. Simpatolitiklar.

Simpatomimetiklar


Efedrin
-efedra yovvoyi o‘simligi tarkibidagi alkaloid (kuzmicheva trava) - Ma xuan (xitoy). O‘simlikda efedrin chapga aylantiruvchi izomer bo‘lib, faolligi sintetik efedrindan ancha kuchli. Efedrin presinaptik membranaga ta’sir etib, NA ajralib chiqishini kuchaytiradi. Undan tashqari efedrin postsinaptik membranadagi adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. NA ajralishni kuchaytirishi va NA bir qismi adrenalinga aylanganligi xisobiga efedrin α va β adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganligida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. YA’ni yurak faoliyatini oshiradi, tomirlar torayadi, qon bosimi ko‘tariladi, bronxlar kengayadi, MIT a’zolarning harakati va sekretsiyasi susayadi, qorachiq kengayadi (ko‘zning ichki bosimi o‘zgarmaydi), giperglikemiya, giperlipidemiya, rivojlanadi. Efedrinning ta’siri kuchi adrenalinnikiga qaraganda 50-100 marta sust, asta-sekin va davomli ta’sir ko‘satadi. M-n: gipertenziv ta’siri davomligi adrenalinikidan 7-10 marta uzoqroq. Efedrin ketma-ket organizmga kitritilsa (10-30min.). qon bosimi ko‘tarilish o‘rniga pasayadi (taxifilaksiya), chunki efedrin presinaptik membranadagi NA zahiralarini kamaytiradi. Efedrin MAO faolligini susaytiradi. SHuning uchun u MNS ni adrenalin va NA ga nisbatan kuchli qo‘zg‘atuvchi (uyquni yo‘qolishi, ko‘tarinki kayfiyat, giperglikemiya, ishtaxani yo‘qolishi) ta’sir etadi. Efedrin NA va Adrenalindan farqli o‘laroq MITda parchalanmaydi, MAO ta’siriga chidamli, jigarda parchalanadi, taxminan 40% o‘zgarmagan xolda peshob tarkibida ajraladi.
Qo‘llanilishi: bronxial astma (bronxolitik), gipotoniyalarda, rinitlarda (maxalliy), orqa miya anasteziyasida gipotoniyani oldini olishda, qon yo‘qotish, travmalarda qon bosimini ko‘tarish uchun, allergik holatlarda, uyqu chaqiruvchi va narkotik moddalar bilan zaharlanganda, oftalmologiyada tashxis qo‘yishda.
Noxush ta’siri: hayajonlanish, uyqusizlik, qo‘l-oyoqlarni titrashi, giperglikemiya, ishtaxani yo‘qolishi.
Efedrinni davomli ishlatish man etiladi. Qo‘llash mumkin emas: tiriotoksikoz xafaqonlik, uyqusizlik, ateroskleroz, feoxromotsitoma.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə