Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə52/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

2.2.Analgetiklar


Og‘riqni qoldirish shifokorning amaliyotida muhim vazifadir. Chunki u bemorga azob beruvchi, xastalik belgisi bo‘libgina qolmay, dardini og‘irlashtiradi va uning oqibatiga salbiy ta’sir etadi. Jumladan, jarrohatlarda u karaxtlik va o‘limga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham shifokor og‘riqni susaytiruvchi yoki uni daf etuvchi dorilar ta’sirini va ularni qo‘llashni yaxshi bilishi kerak.
Og‘riqni sezish organizmda teri, tomir, bo‘g‘im, mushak va a’zolarda joylashgan, alohida retseptorlar-notsitseptorlar orqali amalga oshadi. Bu retseptorlar ekzogen (mexanik, kimyoviy, termik) va endogen (bradikinin, gistamin, serotonin, prostoglandin E2, K+) ta’sirotlari natijasida qo‘zg‘aladi. Bosh miya po‘stloq qavatiga og‘riq impulslari, alohida o‘tkazuvchi yo‘llar orqali etadi. Lekin MNSda og‘riqqa qarshi turuvchi, uni kuchini kamaytiruvchi, tizim mavjud (antinotseptiv sistema xavorang dog‘, chokning katta yadrosi, retikulyar yadrolar). Bu tizim yuqoridan pastga qarab ta’sir etadi va og‘riq sezishini susaytiradi. Bundan tashqari organizmda bir qator faol biologik moddalar bo‘lib ular og‘riqni sezishini o‘zgartiradilar (og‘riqsizlantiruvchilari): endogen peptidlar-enkefalin, β-endorfin, dinorfin. Og‘riqni kuchaytiruvchi: r-susbstansiya.
Neyrogormonlar ham faqat mediator (vositachi) bo‘libgina qolmay, notsitseptiv qo‘zg‘alishining modulyatori (o‘zgartiruvchisi) vazifasini ham bajaradi. Og‘riqni qoldiruvchi peptidlar, opioitlar o‘zlariga hos bo‘lgan va har-xil funksional ahamiyatga ega bo‘lgan, retseptorlar bilan bog‘lanadilar /-μ, -λ, -κ, -δ, -ξ/. Demak organizmda murakkab antinotsitseptiv tizim bo‘lib, uning faolligi pasaygandagina og‘riqsizlantiruvchi vositalarni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Og‘riqsizlantiruvchi vositalar, faqatgina og‘riq sezishni kamaytirib, boshqa sezuvchanlikka, es-xush va harakatlarga terapevtik dozalarda ta’sir etmaydilar, ya’ni ular tanlab ta’sir ko‘rsatadilar. Ta’sir mexanizmi va farmakodinamikaga asoslanib, hozirgi zamon analgetiklari quyidagi 2 ga guruxlarga bo‘linadilar:



Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə