Fashion general



Yüklə 7,03 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,03 Kb.
#162712
2 5402181797297534095


FASHION GENERAL
Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida axloqiy etik va estetik tarbiyani rivojlantirish
Reja:
2.Estetik tarbiyaning omillari
3.Axloqiy tarbiya
1. Bolalarda estetik tarbiyani rivojlantirish
Estetik tartiya ( nafosat) — shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda estetik faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, bu jaгayon yosh va ijtimoiy omilto bilan belgilanadigan tuñi bosqich hamda daгajalaгga ega.
Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo'ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo'llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e'zozidagi va xalq e'tiboridagi shaxslarni ibratnamuna qilib ko'rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir.
estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to'la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g'oyat murakkab, ko'p qirrali dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin.
O'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish jarayonida ularni estetik didini tarbiyalashda turli metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Dars jarayonida didaktik o'yinlar orqali bu maqsadga erishish mumkin, albatta innavatsion - mutlaqo yangi samarali usullardan foydalanish talab etiladi.
Bolalarda estetikani tarbiyalash juda muhim va maroqlidir. Ularda yorqin va turli ranglarga qiziqishning kuchliligi, bezatish va bo'yashga bo'lgan intilishlarini devorlar hatto buyum, mebellarga chizib ko'rishidan bilinadi.
Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san'at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san'at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo'shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san'at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog-o'qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko'nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
TEXT HERE
Darslarni yoki mashg'ulotlarni butunlay o'zgacha usulda tashkillashtirish, har bitta darsga alohida yondashish ta'lim tarbiyaga qo'yilgan vazifalarni to'liq amalga oshirishga yordam beradi. Maxsus yordamchi maktab o'quvchilari uchun innavatsion usullar muhim sanaladi. Chunki bunday o'quvchilarning ta'lim olishida va tarbiyalanishida asosiy muammo bu qiziqishning yo'qligidadir. Ularga shunchaki ko'rsatish yoki so'zlab tushuntirish mumkin emas. Misol uchun ona tili chiroyli yozuvga o'rgatishni tushuntirishlar bilan anglatish mushkul, hatto yillar ham kamlik qilishi mumkin.
Estetik zavq olishni tarbiyalash orqali esa bu ish biroz yengillashadi. Ularning mayda qo'l matorikasini rivojlantirish uchun tikish, haykaltaroshlik, tasviriy san'at va qo'l mehnati mashg'ulotlarini o'yin tarzida erkin bajarishga imkon berish orqali erishish mumkin.
Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go'zallik kategoriyasidir. Uning ma'nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta'minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:
• go'zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;
• go'zallik - bu kishining istarasi issiqligi;
Yoshlarning ma'naviy- axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og'zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi. O'rta umumiy ta'limning birinchi bosqichi bo'lgan boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning bilim egallashga bo'lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari shakllantiriladi.
Aqliy kamolotga uyg'un tarzda o'quvchilarning ma'naviy dunyosi boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi. O'quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat, nafis his-tuyg'ular rivojlanib boradi. Boshlang'ich sinflardayoq iqtisodiy va ekologik tushuncha, ko'nikma va malakalar tarkib topib boshlaydi. Ta'lim-tarbiya muassasalarida o'quvchi-yoshlarning har tomonlama kamol topishiga e'tibor qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy - bu axloqiy va estetik tarbiyaning natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi, odamlarning kundalik hayoti, o'zaro munosabatlar bilan chambarchas bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov F
Davletshin M "Odamlar bilan qanday muloqotda kirishish va yondashish kerak" T:1996
2.Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"Tuzuvchi M Mahmudov T: Xalq merosi 1993
3.
Yüklə 7,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə