Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?



Yüklə 357,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix25.01.2023
ölçüsü357,72 Kb.
#99260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Fin ta\'limi amaliyotda

Hamkorlik 
 
Finlyandiya ta'limi dunyodagi boshqa ta'lim tizimlari bilan solishtirganda yuqori 
darajada raqobatbardosh emas. Bu yerda 
o‘quvchilar va o‘qituvchilar natijalari uchun 
reyting k
o‘rsatkichlari mavjud emas. O‘quvchilarning o‘zlashtirishlari qanday davom 
etayotganini tekshirish uchun asosan ularning 
o‘zlarining oldingi natijalari bilan 
solishtiriladi va taqqoslanadi. 
Ari Pokka (2015, 24) ta
’kidlashicha, agar kimdir Finlyandiya maktabida raqobatni 
k
o‘rishni xohlasa, uni har qanday vazifani iloji boricha yaxshi qilishga bo‘lgan har bir 
kishining ichki intilishida kuzatishi mumkin. Raqobatdan qochish tizimini nafaqat 
Finlyandiya 
o‘qituvchilari va direktorlarining ishlarida, balki Finlyandiya ta’lim siyosatida 
va uning atrofida kechayotgan muhokamalarda ham k
o‘rish mumkin. Buning barchasi 
inson qadr-qimmati va har bir shaxsning tengligi 
g‘oyasiga asoslanadi. Pokka 
ta’kidlaganidek, yuqori natijalar, muvaffaqiyatli o‘quvchilar yoki eng zo‘r o‘qituvchilarning 
ismlari tushirilgan marmar plitalar Fin maktablarida umuman y
o‘q. (Pokka 2015, 24; 
Walker 2017, 173.) 
Xalqaro miqyosda 
g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin bo‘lgan bu tizim qanday 
shakllangan? Finlar shunchaki raqobatni 
ta’limni rivojlantirishning samarali usuli deb 
hisoblamaydilar. K
o‘pincha chet ellik mehmonlar Finlyandiya maktablariga tashrif 
buyurishganda, ular 
o‘qituvchilardan, agar o‘quvchilarni bir-biri bilan solishtirib 
baholamasalar, sinfdagi eng yaxshi 
o‘quvchi kimligini qanday bilishlarini so‘rashadi. 
Finlyandiyalik 
o‘qituvchilar bu savolga odatda “Bu nima uchun kerak? Bu kimning bilimini 
oshiradi?
” deya javob berishadi.
Finlyandiyalik 
o‘qituvchilarni kim “eng yaxshi” natijalarga erishganini bilish qiziq 
b
o‘lgan vaqt bu o‘quv yili oxirida o‘quvchilarga yillik grantlar va stipendiyalar (kichik 
miqdordagi pullar) beriladigan davrdir. Shunga qaramay, stipendiyalarni ajratish 
mezonlari xilma-xil: uni eng yaxshi 
o‘rtacha o‘zlashtirish bahosiga (GPA) ko‘ra, 
shuningdek, iqtisodiyot yoki hunarmandchilik darslarida eng yaxshi va eng faol 
o‘quvchi 
b
o‘lgani yoki shunchaki yaxshi xulqli bo‘lgani uchun ham olish mumkin. 

Yüklə 357,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə