Fiskal instituti “Buxgalteriya va iqtisodiyot” fakulteti “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanidan



Yüklə 55,3 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü55,3 Kb.
#109711
1   2   3   4   5   6
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usuli va davri

Sanalar

Dastlabki qiymati

Amortizatsiyaning yillik summasi

Jamlangan eskirishi

Qoldiq qiymati

Xarid sanasi

25 000 000

-

-

25 000 000

1-chi yilning oxiri

25 000 000

(25 000 000 x 40%) = 10 000 000

10 000 000

15 000 000

2-chi yilning oxiri

25 000 000

(1 5 000 000 x 40%) = 6 000 000

16 000 000

9 000 000

3-chi yilning oxiri

25 000 000

(9 000 000 x 40%) = 3600 000

19 600 000

5 400 000

4-chi yilning oxiri

25 000 000

(5400 000 x 40%) = 2160000

21 760 000

3 240 000

5-chi yilning oxiri

25 000 000

(3240 000 x 40%) = 1296000

23 056 000

1 944 000

Jadallashtirilgan usulda amortizatsiyani hisoblanganda sonlar ya’ni kumulyativ usulini ham qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Chunki amaldagi me’yoriy hujjatlarda bu masalaga yetarlicha yondashilmagan.
Amortizatsiya bo‘yicha sonlar yig‘indisi usulini qo‘llash yaxshi samara keltiradi. Sonlar yig‘indisi (Sum-of-the-ears-digits method) bo‘yicha hisobdan chiqarish ya’ni kumulyativ usul aktivni xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsiyentida mahraj bo‘lib xizmat qiladi. Koeffitsiyentning sur’atida aktivning hizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni turadi, bu teskari tartibda ko‘rsatiladi. Sonlar yig‘indisi-nomoddiy aktivdan foydalanishda yillar mobaynidagi tartib raqamlarini qo‘shishdan olingan summa bo‘lib, tegishli yilning amortizatsiya me’yori ob’ektning dastlabki qiymati bilan uning likvidlik qiymati o‘rtasidagi farqqa ko‘paytiriladi.
Umumiy formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
bunda – S- jami yillar.
Amortizatsiya boshlanadigan ob’ektlardan foydalanish muddati yetarlicha davomli bo‘lgan taqdirda sonlar yig‘indisi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S= n (n+1) / 2.
bunda n – amortizatsiya ob’ekti faoliyat ko‘rsatadigan yillar soni.
Jadallashtirilgan amortizatsiyaning qoldiqni kamayib borish usuli (Declining-balance mehtod)- sonlar yig‘indisi usuli tamoyil-lariga asoslangan bo‘lib, har qanday qat’iy me’yor qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa ham, lekin to‘g‘ri chiziqli usulda foydalangan me’yorga nisbatan ikki marotaba ko‘paytirilgan me’yor qo‘llaniladi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning kumulyativ usuli, ya’ni yillar summasi usuliga ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati chegirilgan holda boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa – nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati yillari soni yig‘indisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Masalan, ARTEL korxonasi ACER tovar belgili noutbuklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Kompaniyadan tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqni sotib oldi va tovar belgisini sotib olish kunidagi dollar kursiga muvofiq ravishda uning so‘mdagi hajmi qo‘shimcha xarajatlari bilan birga 750 mln. so‘mni tashkil etdi. Mazkur vaziyatda ushbu nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati 750 mln. so‘mni, besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 7,5 mln. so‘mni, xizmat muddati esa 5 yilni tashkil etsin.
Ushbu tovar belgisi uchun amortizatsiyani kumuyativ usul bo‘yicha hisoblash vaziyatini ko‘rib chiqamiz.
Kumulyativ usul maxraji foydali foydalanish yillari soni yig‘indisiga, surati esa teskari tartibda xizmati oxirida qoladigan yil soniga teng bo‘lgan hisob-kitob koeffitsiyentini aniqlashga asoslangan. Ushbu koeffitsiyent foydalanishning turli davrlarida turlicha bo‘ladi, lekin o‘zgarmas amortizatsiyalanadigan qiymatga qo‘llanadi. Kumulyativ usul qo‘llanilganda birinchi yillardagi amortizatsiya summasi keyingi yillarnikiga qaraganda ancha katta bo‘ladi.
Nomoddiy aktivdan foydalanish yillari sonlarining yig‘indisi (kumulyativ son) 15 ga teng: (1+2+3+4+5). So‘ngra har bir kasr (5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15) ni 742 500 000 so‘m (750 000 000–7 500 000=742 500 000) miqdoridagi amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirgan holda har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi.
Ushbu vaziyatda amortizatsiya ajratmalari jadvali quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Nomoddiy aktivlarga kumulyativ, ya’ni yillar summasi usuli bo‘yicha amortizatsiya hisoblash


Yüklə 55,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə