Fizik masala qanday yechiladi?


MODDA TUZILISHINING MOLEKULYAR



Yüklə 173,82 Kb.
səhifə2/34
tarix29.09.2023
ölçüsü173,82 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)

MODDA TUZILISHINING MOLEKULYAR
KINETIK NAZARIYA ASOSLARI.
Moddalarning tuzilishini va xossalarini uni tashkil qilgan molekulalarning harakatiga va molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchining mavjudligiga bog’lab o’rganuvchi nazariya molekulyar-kinetik nazariya (MKN) deb ataladi.
Bu nazariya qadimgi zamon faylasuflari tomonidan yaratilgan bo’lib, u faqat XVIII asrga kelibgina izchil nazariya shaklida rivojlana boshladi. Uning rivojlanishiga rus olimi M. V. Lomonosov, ingliz olimi D. Dalton, nemis fizigi R. Klauzius, ingliz fizigi J. Maksvell, Avstriya fizigi L. Bolsman, italyan olimi Avogadro va boshqalar o’z hissalarini qo’shishgan. Molekularikinetik nazariyaning tajribaviy asoslarini ingliz botanigi R. Broun, fransuz fizigi J. Perren va nemis fizigi O. Shtern yaratdilar.
Modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi quyidagi uchta qoidaga asoslangan.
1. Barcha moddalar molekulalararo oraliqqa ega bo’lgan molekulalardan tashkil topgan; molekulalar o’z navbatida atomlardan tashkil topgan.
2. Molekulalar har doim uzluksiz tartibsiz (xaotik) harakatda bo’ladi.
3. Molekulalar orasida har doim tortishish va itarishish kuchlari mavjud bo’ladi. Bu kuchlar molekulalar oralig’iga keskin bog’liqdir. Molekulalar oraliqlari juda kichik bo’lganda itarishish kuchi juda katta bo’ladi; molekulalar bir-birlaridan uzoqlashganda esa bu kuchlar kamayib, ular orasida tortishish kuchi ortadi. mavjud bo’lgan bu kuchlar elektromagnit tabiatga ega.
Kimyoviy elementning kimyoviy xossalarini o’zida saqlab qoladigan eng kichik zarrachasi atom deyiladi.
Molekula-moddani tashkil etuvchi zarra bo’lib, u o’zida shu moddaning asosiy xossalarini saqlovchi mustaqil eng kichik bo’lakchadir.
Molekulalarning uzluksiz xaotik harakati diffuziya va broun harakati hodisalarida yaqqol namoyon bo’ladi.
Bir-biri bilan chegaradosh bo’lgan jism zarralarining ularning issiqlik harakti tufayli bir-biriga kirib boorish hodisasi diffuziya deyiladi.
Diffuziya natijasida jismlar olingan fazoda modda molekulalarining konsentratsiyasi tenglashadi. (Moddaning birlik hajmdagi molekulalari soni molekulalarning konsentratsiyasi deb ataladi.)
Diffuziya hodisasi barcha jismlarda-qattiq, suyuq jismlarda va gazlarda kuzatiladi.
Lekin diffuziya tezligi qattiq jismlarda juda ham kichik, suyuqliklarda kichik, gazlarda esa juda ham katta bo’ladi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə