Fizik masala qanday yechiladi?


Moddaning agregat holatlari



Yüklə 173,82 Kb.
səhifə4/34
tarix29.09.2023
ölçüsü173,82 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)

Moddaning agregat holatlari.

Modda asosan uch xil agregat holatda  gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi mumkin. Modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi uning gaz, suyuqlik va qattiq holatlar orasida asosiy farq quyidagilardan iborat ekanligini bildiradi:



  • Gaz molekulalari orasidagi o‘rtacha masofa ularning diametrlariga nisbatan juda katta bo‘ladi. Shuning uchun gazlar osongina siqiladi, chunki gazni siqqani­mizda molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa kamayadi. Lekin siqilish jarayonida mole­kulalarning o‘lchamlari (diametri) o‘zgarmay­di. Gaz molekulalari fazoda sekundiga bir­necha yuz metrga to‘g‘ri keladigan juda katta tezliklar bilan harakat qiladi. Bir-biri bilan to‘qnashganda ular bilyard soqqalari singari har tomonga sapchib ketadi. Gaz molekulalari o‘rtasidagi zaif tortishish kuchlari ularni bir-birining yaqinida tutib turolmaydi. Shuning uchun gazlar cheksiz kengaya oladi. Ularning shakli ham, hajmi ham o‘zgarmay qoladi. Molekulalarning idish devoriga beradigan son-sanoqsiz zarblari gaz bosimini hosil qiladi.

  • Suyuqliklarda molekulalar bir-biriga deyarli taqalib turadi. Shuning uchun ular orasida kuchli o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud. Bu kuchlar esa suyuqlik molekulalari­ning bir-biridan uzoqlashib ketishiga yo‘l qo‘y­maydi. Suyuqlik molekulasi muvozanat vaziya­ti atrofida tebranib turadi. Faqat u ahyon-ahyonda bir muvozanat holatidan boshqasiga sakrab o‘tib, boshqa molekulalarning qursho­vida bo‘ladi. Molekulalarning biror muvoza­nat vaziyati atrofida tebranib turadigan holati «o‘troq» holat deyiladi. Uning «o‘troq» holatda bo‘lgan vaqti suyuqlikning temperaturasiga va turiga bog‘liq. Uy temperaturasida suv molekulasining «o‘troq» holatda bo‘lish vaqti 1011 s ga teng. Molekulaningmuvozanat vaziyati atrofida tebranish davri (vaqti) yanada kichik bo‘lib, 10121013 s ga yaqin. Suyuqlikning tempera­turasi ko‘tarilishi bilan molekulaning «o‘troq» holatda bo‘lish vaqti kamayadi. Suyuqliklar kam siqiluvchandir. Suyuqlik­larning oquvchanlik xususiyati tufayli o‘z shaklini saqlab qola olmaydi. Ammo u o‘z hajmini saqlab qoladi.

  • Jismlarni tashkil etgan atom yoki molekulalar ilgarilanma harakat qilmasa bunday jismlar qattiq jism bo‘ladi. Qattiq jismlarning atom yoki molekulalari suyuq­lik­larnikidan farqli o‘laroq tayinli muvozanat vaziyatlari atrofida tebranib turadi. Ba’zan qattiq jism molekulalari muvozanat vaziyatini o‘zgartiradi, lekin bunday hollar kamdan-kam bo‘ladi. Ana shu sababdan qattiq jismlar hajmini va shaklini o‘zgartirmaydi. Agar qattiq jism atomlari yoki ionlarining muvozanat vaziyat­lari markazlari tutashtirilsa, kristall panjara deb ataladigan fazoviy muntazam panjara hosil bo‘ladi. Kristallar atomlari­ning joylashishidagi ichki tartib tufayli kristallarning tashqi ko‘rinishi ham muntazam geometrik shakl oladi.


  • Yüklə 173,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə