Fizik masala qanday yechiladi?



Yüklə 173,82 Kb.
səhifə6/34
tarix29.09.2023
ölçüsü173,82 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)

TEMPERATURA

Temperatura molekulyar fizika va termo­dinamikaning asosiy tushunchalaridan biri­dir. Temperatura makroskopik sistemaning issiqlik muvozanat holatini ifodalaydi. Issiqlik muvozanati holatida bo‘lgan siste­maning hamma qismlarida temperatura ayni bir qiymatga ega bo‘ladi. Ikki jismning temperaturasi bir xil bo‘lganda ular orasi­da issiqlik almashinmaydi. Agar jismlar­ning temperaturalari har xil bo‘lsa, ular bir – biriga tekkizilganda jismlar o‘r­ta­sida energiya almashuvi bo‘ladi. Bunda tem­peraturasi yuqori bo‘lgan jism past tem­peraturali jismga energiya beradi. Energiya almashuvi ularning temperaturalari teng­lash­guncha davom etadi. Jismlarning tempe­raturalari farqi ular o‘rtasidagi issiqlik almashinish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Tempe­ra­tu­rani o‘lchovchi asbobga termometr deb ataladi.
Issiqlik muvozanati haolatida hamma gazlarning temperaturasi bir xil bo‘ladi, bu temperatura gazning turiga bog‘liq emas. Temperaturani aniqlash uchun molekulyar kinetik nazariyada qanday fizik kattalik temperaturaning mana shu xossasiga ega ekanligini aniqlaymiz.
Molekulalar qanchalik tez harakat qilsa, jism (gaz)ning harorati shunchalik yuqori bo‘ladi. Gaz yopiq idishda isitilganda, gazning bosimi ortadi. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamalariga ko‘ra bosim gaz molekulalarining ilgarilanma harakatining o‘rtacha kinetik energiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir, ya’ni

Ma’lum bir massali gazning bosimi (m=const) va hajmi tayinli bir qiymatga ega bo‘lgan issiqlik muvozanati holatida gaz molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi temperaturaga o‘xshab tayinli bir qiymatga ega bo‘lishi kerak. Bu xulosani tekshirish uchun quyidagi tajribaga murojat qilamiz. Turli xil gazlar, masalan vodorod, geliy va kislorod bilan to‘ldirilgan idishlarni olamiz. Idishlarning hajmi ma’lum bo‘lib, ularga manometrlar o‘rnatilgan. Manometr­lar har bir idishdagi bosimni o‘lchaydi. Gazlarning massasi ma’lum, har bir idish ichidagi gaz molekulalarining sonini aniqlash mumkin.

Yüklə 173,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə