Fizik masala qanday yechiladi?


GAZLAR MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYASINING ASOSIY TENGLAMASI



Yüklə 173,82 Kb.
səhifə5/34
tarix29.09.2023
ölçüsü173,82 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)

GAZLAR MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYASINING ASOSIY TENGLAMASI.

Modda gaz holatining, suyuqlik va qat­tiq holatlaridan farq qiladigan xususiyat­la­ri shundan iboratki, birinchidan gaz suyuq­lik va qattiq jismlarga nisbatan juda ki­chik zichlikka ega, ikkinchidan gaz egallashi mum­kin bo‘lgan butun hajm bo‘ylab hamma vaqt bir tekisda taqsimlanadi. Gaz egallagan hajm deganda gaz solingan idishning hajmi­ni tushunishimiz lozim.
Siyrak gazda molekulalar orasidagi ma­so­falar ularning o‘lchamlaridan ko‘p marta or­tiq. Bu holda molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir e’tiborga olinmaydigan darajada ki­chik bo‘lib, molekulalarning kinetik ener­giya­si o‘zaro ta’sirning potensial energiyasi­dan ancha katta.
Fizikada gaz xossalarini o‘rganishda ideal gaz tushunchasi kiritiladi. Ideal gazda:

  1. Gazni tashkil qiluvchi molekulalar orasidagi masofa shu darajada kattaki, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi hisobga olinmaydi.

  2. Molekulalarning ta’sir kuchlari ular o‘zaro to‘qnashganda sodir bo‘ladi va bu to‘qnashish absolyut elastik to‘qnashish bo‘ladi.

  3. Gaz molekulalarining hajmi hisobga olinmaydi va ular moddiy nuqta deb qaraladi.

Modda tuzilishining molekulyar – kine­tik nazariyasi gazning bosimini gaz moleku­la­­lari­ning idish devorlariga urilishi nati­jasida unga impuls
( berishi tufayli hosil bo‘ladi deb tushuntiriladi. Tajriba­lar natijalariga ko‘ra, gazning bosimi (r) idish devorlari­ga urilayotgan molekulalar soni N ga, molekulaning massasi ( ) va molekula harakatining o‘rtacha kvadratik tezligi ga bog‘liq bo‘lar ekan, ya’ni

bu yerda - gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi. Gaz bosimi bilan gaz mo­le­ku­lalarining zichligi, massasi va tezligi orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi tenglama gazlar – molekulyar kinetik naza­riyasining asosiy tenglamasi deyiladi. ko‘paytma gaz zichligini berganligi uchun (1) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:

(1) ifodaning o‘ng tomonining surat va max­ra­jini 2 ga ko‘paytirib,
ekanli­gini e’tiborga olsak, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:

Demak, ideal gazning bosimi gaz mole­kulalarining konsentratsiyasi n ga va ular­ning o‘rtacha kinetik energiyasi ga to‘g‘ri proporsional ekan. (1), (2) va (3) tengliklar gazlar molekulyar–kinetik nazariyasining asosiy tenglamalaridir.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə