‘’fizika’’ fakulteti optika fanidan


Dispersiyaning elektron nazariyasi asoslari bilan birmuncha batafsilroq tanishaylik



Yüklə 120,68 Kb.
səhifə9/13
tarix29.11.2023
ölçüsü120,68 Kb.
#142727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Odilov Hikmatilla

Dispersiyaning elektron nazariyasi asoslari bilan birmuncha batafsilroq tanishaylik.

Yuqorida aytganimizdek, yorug‘lik bilan moddaning o‘zaro ta’siri mohiyati tushayotgan to‘lqin maydoni ta’sirida modda elektronlari (va ionlari)ning tebranishlari natijasida paydo bo‘lgan ikkilamchi to‘lqinlar bilan birlamchi to‘lqinlarning interferensiyalanishidan iborat. Demak, sindirish ko‘rsatkichining to‘lqin uzunlikka bog‘lanishini keltirib chiqarish uchun dielektrik singdiruvchanlikning o‘zgaruvchan elektr maydon chastotasiga qanday bog‘langanligini topamiz, so‘ngra

(5.9)

munosabatga asoslanib n ni topamiz. Elektroniy nazariyaga muvofiq dielektrikning molekula yoki atomlarini tarkibida elektronlar bo‘lgan sistemalar deb qaraymiz. Bu elektronlar molekulalar ichida muvozanat vaziyatida bo‘ladi. Tashqi maydon ta’sirida bu zaryadlar muvozanat vaziyatidan r masofa qadar siljib, atomni maydon bo‘ylab yo‘nalgan momentli elektr sistemasiga (dipolga) aylantiradi. Agar tekshirilayotgan muhitning birlik hajmida qutblanadigan N ta atom bo‘lsa, birlik hajmning elektr momenti, ya’ni muhitning qutblanishi bo‘ladi.

Bunda biz soddalik maqsadida muhitda faqat bir sort atom bor va har bir atomda siljiy oladigan bittagina elektron bor, deb faraz qildik.

Aks holda

ko‘rinishida ifodalanar edi, bunda I indeks. i - son zaryadlarga tegishli bo‘lar edi. Muhitning elektr qutblanishini bilgan holda uning е dielektrik singdiruvchanligini hisoblab topish mumkin. Muhitning elektromagnit indukqiyasidan:

(5.10)

- muhitning elektr induksiyasi.

Demak,

(5.11)

bo‘lib, bunda r ni E maydon aniqlaydi.

Shunday qilib masala davriy o‘zgaruvchi tashqi maydon ta’sirida elektronning r siljishini aniqlashdan iborat bo‘lib qoladi, bunda tarkibiga shu elektron ham kirgan atomning boshqa qismlarining va atrofdagi atomlarning shu elektronga ta’sir etadigan kuchlari hisobga olinadi, ya’ni bu masala elektronning majburiy tebranishlari to‘g‘risidagi masaladir. Bu yerda gap atom ichida qiladigan harakatning chastotasi yorug‘lik to‘lqini chastotasi tartibida bo‘ladigan elektronlar to‘g‘risida ketayotganini nazarda tutish kerak.Ular optik elektronlar deyiladi. Mana shu optik elektronlarga ta’sir etuvchi kuchlar quyidagi kuchlardan iborat:


Yüklə 120,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə