‘’fizika’’ fakulteti optika fanidan


Dispersiya o‘zi lotincha bo‘lib, dispergo - sochaman degan ma’noni beradi



Yüklə 120,68 Kb.
səhifə6/13
tarix29.11.2023
ölçüsü120,68 Kb.
#142727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Odilov Hikmatilla

Dispersiya o‘zi lotincha bo‘lib, dispergo - sochaman degan ma’noni beradi.

5.3 – rasm. Nyuton tajribasi. Quyoshning yorug‘lik nurlari dastasi prizmadan o‘tishida spektr hosil bo‘lishi

Nyuton tajribalarida yorug‘lik manbai sifatida Kuyosh nuri bilan yoritiladigan deraza yog‘ochi АВ dagi kichkina teshik S olingan edi. Teshik oldiga P prizma qo‘yilganda, devorda dog‘ o‘rniga, bo‘yalgan MN yo‘l hosil bo‘ldi, Nyuton bu yo‘lni spektr деб atadi. Bunday spektrda birin-ketin bir-biriga o‘tuvchi yettita asosiy rang: qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k va binafsha ranglar bor edi. Bularning har biri spektrning har xil o‘lchamdagi qismlarini egallaydi. Spektrni eng ko‘p qismni binafsha, eng oz qismini esa qizil yo‘l tashkil etadi.

Bundan keyingi tajribada, R1 prizma yordami bilan hosil qilingan rangli nurlarning keng dastasidan kichkina teshigi bor ekran bilan nurlarning ma’lum rangdagi tor dastalari ajratilib, ikkinchi prizma R2 ga yuborildi (5.4-rasm).

5.4-rasm. Nyuton tajribasi. R2 prizma ekran C bilan ajratilgan bir rangli nurlarni buradi, lekin ularning rangini o‘zgartirmaydi

R2 prizma bu nurlarni burib, ularning rangini o‘zgartirmaydi. Bunday nurlar oddiy yoki bir rangli (monoxromatik) nurlar deb ataladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, qizil nurlar binafsha nurlarga qaraganda kam buriladi, ya’ni prizma turli rangdagi nurlarni turlicha singdiradi. Nyuton prizmadan chiqqan rangli nurlar dastasini linza yordami bilan yig‘ib, ekranda rangli yo‘l o‘rniga teshikning oq tasvirini hosil qildi.

Nyuton ana shu tajribalardan quyidagi xulosalarni chiqardi:

oq yorug‘lik murakkab yorug‘likdir. Oq yorug‘lik prizmadan o‘tishida juda ko‘p rangli nurlarga bo‘linib ketadi;


Yüklə 120,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə