Fizikadan sinfdan tashqari ishlarda kasbiy integratsiya modeli


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 40,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü40,36 Kb.
#137409
1   2   3   4
EJAR0104

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 1, January 2023 ISSN 2181-2020 
Page 25 
Model maqsadlariga mos holda:
Konsentrik integratsiya
-ta’lim dasturining umumiy o‘rganilishi lozim bo’lgan aniq va tabiiy 
fanlarning soddaroq qonuniyatlari (fizika, ximiya, biologiya, matematika) dan texnologik 
ta’limidagi murakkabrok masalalarni hal qilishga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bunda tabiiy va aniq 
fanlardagi materiallarni mehnat ta’limi fanlari materiallarida qayta takrorlanishga yo‘l 
qo‘ymaslik muhim hisoblanadi. 
Radial integratsiya
- avvalo fan dasturi bilan aniqlanadigan bir bo‘limning hamma mazmuni 
o‘rganishni va xuddi shunday boshqa bo‘limni integrativ o‘rganishni ko‘zda tutadi. Bu asosan 
aniq va tabiiy fanlarga taalluqli bo‘lib, masalan fizikada avval mexanikaning hamma statika 
kinematik, dinamika bo‘limlari, keyin molekular fizika va issiqlik, elektr va hokazolar o‘zaro 
yaxlitlik asosida o‘tiladi. Ammo bunda integratsiyaning o‘quvchilar bilimlarini rivojlantirish 
darajasiga mos kelmay qolishi havfi borligini ham unitmaslik lozim. 
Kasbiy integratsiya
- eng muhim, ya’ni tabiiy, aniq hamda ijtimoiy, maxsus fanlarni 
o‘zlashtirish natijalarida kasbiy bilimlarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llash uchun 
harakatlantiruvchi kuch (stimul) bo‘lib xizmat qiladi. Kasbiy integratsiya faqatgina kasbga 
yo‘naltiribgina qolmay shu bilan birga ularning ma’naviy kuch va qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, ularda mehnatga ilmiy ijodiy munosabatda va bo‘lishni shakllantirishga 
imkon beradi. 
Bunda ayniqsa didaktik tamoyillar bilan uslubiyat (metodika) ning o‘zaro bog‘liqligini 
muvofiq ta’minlash muhim. Bu didaktik tamoyillarga; faollik, nazariya va amaliyotni bir-biri 
bilan bog‘lash, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, namunalardan foydalanish, didaktik reduksiya
ilmiylik bilimlarni qo‘llash va natijalarni mustahkamlashlar kiradi.
O‘z navbatida, kasbiy integratsiyada didaktik tamoyil o‘qitishning didaktik vositalarini 
boyitadi va uni amalga oshirish ta’sirini kuchaytiradi. Bunda o‘ziga xos bog‘lanish mavjud, 
jumladan didaktik tamoyillar bir xil me’yorda integratsiyaning radial, konsentrik va kasbiy 
maxsus bosqichlarini birday qamrab oladi va hamma o‘quv jarayonlariga butunlay mansub 
bo‘ladi.
Kasbiy integratsiya bunda tanlab harakat qiladi va aniq tabiiy hamda mehnat ta’limi fanlari 
bazasida maxsus kasbiy yo‘nalishdagi bilimlarni doimiy "ko‘rgazmali" lik asosida o‘rgatishga 
tayanadi. Chunki uning manbai texnik va texnologik ob’ektlar hisoblanadi. Shu ma’noda 
kasbiy integratsiyada tadqiqot tavsifidagi ko‘rgazmalardan foydalanish, faqat ko‘rgazmalilik 
tamoyillarini boyitibgina qolmay, shu bilan birga tabiy va maxsus fanlar integratsiyasini 
tizimlashtirishning ham bosh bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.
Kasbiy integratsiyada tadqiqot tavsifidagi ko‘rgazmalardan darsda bevosita foydalanish 
integratsiyalash modelidagi maqsadlarining o‘sishi va o‘quv mazmunining yaxshi 
takomillashtirilishi o‘z navbatida muqarrar ravishda didaktika bilan uslubiy bog‘liqligini 
takomillashtirishga olib keladi. Bu esa, tabiiy, aniq, ijtimoiy va maxsus fanlaridagi yaxlit 
mazmun, maqsad va vazifalarni o‘zida qamrab olishi bilan bo‘lajak mutaxassislarda katta 
kasbiy ahamiyatga ega muhim texnik-iqtisodiy muammolar va fan yutuqlarining ijtimoiy 
ahamiyati haqidagi nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarini to‘g‘ri shakllantirishda 
muhim hisoblanadi. 
Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash joizki, modeldagi radial, konsentrik va kasbiy integratsiyani 
sun’iy tarzda amalga oshirish mumkin emas. Bunda asosiy e’tibor integratsiya sub’ektlari va 



Yüklə 40,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə