Fonologik oppozitsiyalar r e j a: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 67,83 Kb.
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü67,83 Kb.
#161745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fonologik oppozitsiyalar r e j a I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org

Tavsifiy metod bugungi kunda ona tilini o‘qitishda eng ko‘p qo‘llaniladi. Unga ko‘ra bir muayyan so‘z tarkibidagi har bir fonema tavsiflanadi. Tavsiflash uchun esa fonemalar tasnifini bilish muhim hisoblanadi.
Nutq tovushlari vokalizm va konsanantizmga bo‘linadi.
Vokalizm—unlilar sistemasi, ya’ni o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz yoki burun bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Unlilar sof ovozdan hosil bo‘ladi: a, o, i, u, o‘, e
Unli tovushlar 3 tamondan tasnif qilinadi:
  1. Tilning gorizantal holatiga ko‘ra:


A) til oldi: a, i, e


B) til orqa: o, u, o‘
2. Tilning vertikal holatiga ko‘ra:
A)yuqori tor: i, u
B) o‘rta keng: e, o‘
V) quyi keng: a, o
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra:
A) lablangan: u, o‘
B) lablanmagan: a, i, e, o
Konsanantizm—undoshlar sistemasi bo‘lib, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz yoki burun bo‘shlig‘ida biror to‘siqqa uchraydi. Undoshlar yo faqat shovqindan, yoki shovqin va qisman ovozdan hosil bo‘ladi. O‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush bo‘lib, ular yozuvda 23 harf bilan ifodalanadi. Undosh tovushlar ham 3 tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab tovushlari: a) lab-lab: b, p, m
b) lab-tish: v, f
2. Til tovushlari:a) til oldi: d, t, j, җ, ch, sh, l, n, r, s, z
b) til o‘rta: y
v) til orqa: g, k, ng
g) chuqur til orqa: q, g‘, x
3. Bo‘g‘iz tovushi: h
111. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchi: b, d, g, k, p, q, t
b) sirg‘aluvchi: v, f, h, x, җ, sh, z, s, g‘, y
v) qorishiq: j, ch
g) sonorlar: m, n, ng, l, r (m i n i ng l a r)
1V. Tovush paychalari ishtirokiga ko‘ra:
a) jarangli: b , v , g, d , j , җ, z, g‘m, n, ng, l, r, y
b) jarangsiz: p , f , k , t , ch , sh , s , x q, h
Faol nutq organlari: til, lab va tovush paychalari
Bo‘g‘in—bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi. Har bir bo‘g‘inda bir unli bo‘lishi shart, undoshning bo‘lish-bo‘lmasligining ahamiyati yo‘q: a – ma – kim - ning...
Bo‘g‘inlar 2 xil: ochiq va yopiq bo‘ladi.
Agar bo‘g‘in bir unlidan iborat bo‘lsa yoki unli bilan tugasa ochiq bo‘g‘in deyiladi:
i-do-ra. Agar bo‘g‘in undosh bilan tugasa yopiq bo‘g‘in deyiladi: mak-tab...Fonetika darslarida transkriptsiyaga ham e’tibor beriladi.
Fonetik transkriptsiyada unli va undosh tovushlarni ifodalash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi Fonetika darslarida transkripsiyaga ham e’tibor beriladi. O‘zbek adabiy til fonetikasiga xos xususiyatlarni puxta bilmagan kishi orfoepiya me’yorlarini ongli anglay olmaydi, imlo qoidalarini o‘zlashtirishda qiynaladi, so‘zni morfemalarga ajratishda xatolarga yo‘l quyadi. Tahlil uchun misollar gap tarzida ham yoki biror so‘z shaklida ham olinishi mumkin.



Yüklə 67,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə