Fonologik oppozitsiyalar r e j a: I. Kirish II. Asosiy qism


Komponent tahlil metodida



Yüklə 67,83 Kb.
səhifə4/9
tarix27.12.2023
ölçüsü67,83 Kb.
#161745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fonologik oppozitsiyalar r e j a I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org

Komponent tahlil metodida fonemalarning integral va differensial belgilari ajratiladi, fonemalarning umumiy va xususisy tomonlari aniqlanadi.
1) fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan faqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, “k” undoshi o‘zining jarangsizligi bilan jarangli “g”dan ajralib turadi, demak, “k”ning jarangsizligi va “g”ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatga ega bo‘lishini ta’minlaydi – so‘zlarning fonetik qobigini va ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so‘zlarining ma’nolari ayni shu ikki fonemaning (“k” va “g”larning) differensial belgilari – birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi tufayli farqlanmoqda.
Differensial belgilar fonemalar artikulatsiyasiga bogliq bo‘lishi ham mumkin: “b”- lab-lab undoshi, “d”-til-tish (til oldi-dental) undoshi. Artikulatsiya o‘rnidagi bu tafovutlar bor va dor sozlarining fonetik tarkibini va ma’nolarini farqlamoqda; “q”-portlovchi undosh, “x”-sirg‘aluvchi undosh. Artikulatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol sozlarining tovush tarkibi va ma’nolarini farqlash imkonini yaratmoqda. Shuning uchun differensial belgilar fonologik relevant yoki semiologik relevant belgilar sanaladi;
2) fonemalarning integral belgilari ularning o‘zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, yuqorida keltirilgan “k” va “g” undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulatsiya usuli va artikulatsiya o‘rniga ko‘ra farqlanmaydi. Shunga ko‘ra, integral belgilar fonologik norelevant yoki semiologik norelevant belgilar hisoblanadi.
Fonemalarning integral va differensial belgilari unli fonemalarda ham mavjuddir. Buni «u» va «o‘» unlilari misolida ko‘rib o‘taylik:
a) lablar ishtirokiga ko‘ra «u» va «o‘» unlilarining har ikkalasi lablashgandir (lablanish shu ikki fonema uchun integral belgi sanaladi);

Yüklə 67,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə