Fonologik oppozitsiyalar r e j a: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 67,83 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü67,83 Kb.
#161745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fonologik oppozitsiyalar r e j a I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org

3. Tovush tembri - tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar (oberton,parsial tonlar) qo‘shilmasidan tarkib topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat - spektograf yordamida aniqlanadi.
Tovush tembrining turli xil formantlarga ega bo‘lishida bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i maxsus rezonatorlik (akustik filtrlik) vazifasini bajaradi: bunday bo‘shliqlarning turli shaklga kirishi, hajmi, undagi a’zolarning harakati-holati tovushning bo‘yoqdorligini (sifat belgilarini) o‘zgartirib turadi, shu tariqa fonemalarning o‘zaro farqlanishi ta’minlanadi. Odatda, tovush tembri unli fonemalarda muhim rol o‘ynaydi: hamma unli fonemalarda ovoz bor, ammo ular bir-biridan tembri bilan farq qiladi. Ayni paytda, tovush tembri ayrim undoshlarni, masalan, sonantlarni farqlashda ham qatnashadi. Bulardan tashqari, tembr nutqning supersegment birligi, ovoz tovlanishlari tarzida ham namoyon bo‘ladi:quvnoq tembr, ma’yus tembr kabi. Tembrning bu turlari nutqning ekspresssiv-emotsional xususiyatlarini,ayniqsa nazm va navodagi ohang tovlanishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Tovush cho‘ziqligi- tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi. Tovush cho‘ziqligi ikki xil bo‘ladi; a)fonologik cho‘ziqlik (birlamchi cho‘ziqlik). Bunday cho‘ziqlik, odatda, ma’no ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida "yilqi" ma’nosidagi "ot" so‘zi bilan "ism" ma’nosidagi "ot" so‘zining ma’nolari shu so‘zlar tarkibidagi "o" unlisining cho‘ziqlik darajasi bilan farqlanadi; ot(ad-"yilqi"")-o:t (a:d- "ism") kabi; b)fonetik cho‘ziqlik (ikkilamchi choziqlik) - sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) choziqlik. Masalan, urg‘uli bo‘g‘indagi unli bir oz cho‘ziladi, ammo u so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilmaydi (atlás va átlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imonso‘zi boshidagi "i" cho‘ziqroq talaffuz etilganidan, unda bir "y" orttiriladi yoki shahar, zahar so‘zlarida "h"ning tushib qolishi natijasida ikki "a" yonma-yon kelib, bir cho‘ziq "a" tarzida talaffuz qilinadi (sha:ar,za:ar kabi), ammo bu holat so‘z ma’nolarini o‘zgartirmaydi(demak, fonologik qiymatga ega bo‘lmaydi).

Yüklə 67,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə