Fonologik oppozitsiyalar r e j a: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 67,83 Kb.
səhifə8/9
tarix27.12.2023
ölçüsü67,83 Kb.
#161745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fonologik oppozitsiyalar r e j a I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org

Fonetik tahlil tartibi:
  1. Tahlil qilinayotgan so‘z adabiy til talaffuzini ko‘rsatuvchi fonetik tarnskriptsiyada yoziladi.


  2. Unli tovushlar tahlil qilinadi


a) fonemalar tavsifi: tilning verikal harakatiga ko‘ra (tor, o‘rta, keng), tilning gorizontal harakatiga ko‘ra (til oldi, til orqa) labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan, lablanmagan)


b) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra (qattiq, yumshoq, qanday undoshlar bilan kelgan, urg‘uli bo‘g‘indosh va hokazo)
v) shu pozitsiyada unli fonemaning talaffuzi (cho‘ziq, qisqa, reduktsiyalangan va hokazo)
3. Undosh tovushlar tahlili
a) fonemalar tavsifi: ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko‘ra (shovqinli, sonor, jarangli, jarangsiz); paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra (lab tovushi, til tovushi, bo‘g‘iz tovushi, bularning ichki bo‘linishi: lab-lab, lab-tish, til oldi, til o‘rta, til orqa, sayoz til orqa, chuqur til orqa); hosil bo‘lish usuliga ko‘ra (portlovchi, sirg‘aluvchi, qorishiq, burun tovushi, yon tovushi, titroq tovush.
b) So‘zdagi holatiga ko‘ra (qanday unli yoki undosh bilan yondosh kelganligi, boshqa undoshga o‘tish-o‘tmasligi);
v) Bo‘g‘in, bo‘g‘in tuzilishi, har bir bo‘g‘inning xususiyati, ochiq, yopiq, necha tovushdan iborat, tovushlar qanday joylashgan.
5. Urg‘uning so‘zdagi o‘rni va harakteri
6. So‘zdagi fonema va harflarning soni; fonema va harflarning bir-biriga son jihatdan to‘gri kelish-kelmasligi.


Fonetik tahlil namunasi.
Bo‘lmasin. Bo‘lmasin so‘zida uchta unli tovush bor u, a, i o‘ – o‘rta keng, orqa qator, lablangan unli, u – o‘zbekcha o‘zak – negizlarning faqat birinchi bo‘g‘inida kela oladi. Bu tovush q, g‘, x tovushlari yonida qattiqroq, k, g, y, ch kabi tovushlar yonida yumshoqroq talaffuz etiladi. So‘zda ham bir oz qattiqroq eshitiladi.
Urg‘uli bo‘g‘inda, kuchli pozitsiyada kelgan. So‘zda beshta undosh tovush bor: b, l, s, m, n. b – lab-lab, portlovchi, shovqinli tovush. U lablarning bir-biriga qattiq tegib, tez uzoqlashuvi asosida havoning o‘tishidan hosil bo‘ladi. Jarangsiz jufti bor: b-p. Bu so‘zda unlidan oldin, ya’ni kuchli pozitsiyada kelgan – b so‘zning tovushi so‘zning mutlaq oxirida kela olmaydi, unli o‘rnida jarangsiz jufti p talaffuz etiladi.
L – til oldi, yoki sonor tovush. Til yuqori tishlar milkiga tegishi natijasida havo uning ikki yonidan o‘tadi va bu tovush eshitiladi. So‘zning har qanday bo‘g‘inida kela oladi. Jarangsiz jufti yo‘q. Ba’zi so‘zlarda unli oddiy talaffuzda tushib qolish hollari bor qolmoq-qomoq, bo‘lgan-bo‘gan.
S – til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. S tilning ozgina ko‘tarilgan uni ustidan havoning shovqin bilan o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. U so‘zning barcha bo‘g‘inlarida o‘z sifatini saqlaydi. Jarangli jufti bir s – z.
N – til oldi yumshoq burun sonor tovushi. Jarangli, jarangsiz jufti yo‘q. Uning talaffuzida lablar bir-biriga yaqinlashadi, lekin tegmaydi; til yuqori tishlarga tegib havo yo‘lini berkitadi. Havo burun orqali o‘tadi. N so‘zning hamma bo‘g‘inida kela oladi.
So‘z uch bo‘g‘indan iborat bo‘l-ma-sin.
Birinchi va uchinchi bo‘g‘inlar yopiq, ikkinchi bo‘g‘in ochiq. Bo‘g‘in tuzilishi: undosh+unli+undosh, undosh+unli, undosh+unli undosh, ya’ni CVC, CV, CVC.
Urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi. So‘zga shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda ham urg‘u keyingi bo‘g‘inlarga ko‘chmaydi. Bo‘lmadi, bo‘ldi, bo‘lasan kabi. So‘zda sakkizta harf va sakkizta tovush bor.

Xulosa
Kurs ishimning mazmuni shundan iboratki Til taraqqiyotidagi fonetik o’zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar:
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog’liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning uyg’unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo’lgan qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o’zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o’ziga xos rivojlanish omillari bilan bog’liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtai nazardan ikkiga bo’linadi.
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush o’zgarishlarini o’rganuvchi bo’limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi.
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o’zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi.Fonetik va fonologik o’zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko’payishi mumkin.bunda ikki hodisa ro’y beradi.


Yüklə 67,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə