Foydalanish ishlarining asosiy tushunchalari



Yüklə 130,51 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü130,51 Kb.
#143900
1   2   3   4
1-ma\'ruza (1)

tashish jarayoni – yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish va tugallash chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq harakatlar va operatsiyalar majmui;

umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar – temir yo‘lning poezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l bekatlari joylashgan tarmog‘i;

yuk – tashish uchun temir yo‘l transporti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan, o‘z vaqtida eltib berilishi va saqlanishi uchun temir yo‘l javobgar bo‘lgan temir yo‘l tashish ob’ekti;

yo‘lovchi – yo‘l hujjatlariga ega bo‘lgan va poezdda safar qiluvchi fuqaro (jismoniy shaxs);

bagaj – yo‘lovchi olib ketayotgan va safar davomida yo‘lovchilar vagonida uning yonida bo‘ladigan buyumlar, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar;

yuk bagaji – yo‘lovchilar va pochta-bagaj poezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashish ob’ekti;

yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi) – o‘z nomidan yoxud yuk yoki yuk bagaji egasi nomidan ish ko‘ruvchi va tashish hujjatlarida qayd etilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

Transport odatda ishlab chiqarish ichidagi va umum foydalaniladigan (magistral) turlariga bo‘linadi. Birinchisiga korxonaga kirib kelgan temir yo‘llar, sex ichi va sexlararo yo‘llar, qishloq xo‘jaligidagi traktorlar va ot-aravalar kiradi. Bu turdagi transportni texnologik transport deb atasa bo‘ladi. Quyida transportning funksiyaviy-tarkibiy tavsifining tarmoqlararo majmua sifatidagi belgilari keltirilgan.


1.2. TEMIR YO‘L STANSIYALARIDA BAJARILADIGAN AMALLAR
Temir yo‘l stansiyalarida bajariladigan amallar qo‘yidagicha tasniflanadi:
1. Texnik amallar: poezdlarni qabul qilish, jo‘natish, o‘tkazish, kesishtirish va qo‘vib o‘tishb, poezd tarkibini yoki alohida vagonlar guruhini tarqatish va tuzish, poezdlarga vagonlarni ulash va ulardan uzib olish, yuk ob’ektlari va boshqa joylarga vagonlarni uzatish hamda ulardan olib chiqish, vagonlarni texnik kuzatish va ularning nosozliklarini tuzatish, poezdlarning lokomotivlarini va lokomotiv brigadalarini almashtirish.
2. Yuk amallari: yuklarni yuklash, tushirish va qayta yuklash, mayda jo‘natmalarni saralash.
3. Tijoriy amallar: yuklarni qabul qilish, topshirish, og‘irligini o‘lchash va saqlash, yuk tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish harajatlarini o‘ndirish (olish), vagonlarga plomba qo‘yish, tashilayotgan yukning butligini ta’minlash.
4. Yo‘lovchi amallari: yo‘lovchilarning xavfsiz tushishi va chiqishini ta’minlash, bagaj va qo‘l yuklarni qabul qilish, topshirish va saqlash, pochta va bagajlarni ortish-tushirish, chiptalar sotish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, yo‘lovchi poezdi tarkiblarini tozalash.

Yüklə 130,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə