Foydalanish ishlarining asosiy tushunchalari


HARAKATNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARI



Yüklə 130,51 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü130,51 Kb.
#143900
1   2   3   4
1-ma\'ruza (1)

1.3. HARAKATNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Temir yo’l orqali harakatni tashkil etishning asosiy tamoyillari:
- davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida temir yo’l transportining barqaror va samarali ishlashini, qatnovlar xavfsizligini, ko’rsatiladigan transport xizmatlari sifatini oshirishni jumladan xizmat ko’rsatish talab darajasida bo’lgan boshqa yuk tashuvchilar bilan birgalikda ta’minlash, bunda tashishlarning maqbul muddatlarini hamda yo’lovchilar sog’lig’i va hayotining saqlanishini, shu jumladan tashilayotgan yuklar butligini ta’minlash;
- tashish jarayonining markazlashgan tezkor boshqaruvini tashkil etish;
- poezdlarning harakatlanish jadvalini, harakatlanuvchi tarkibning ish me’yorlarini va poezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash ijrosini ta’minlash;
- tashish shartlariga doir yagona normativ hujjatlar va harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish me’yorlari bo’yicha yagona me’yoriy hujjatlardan foydalanishni tahlil etish;
- yuk va yo’lovchi vagonlaridan foydalanish jarayoniga tuzatishlar kiritish va nazorat qilish;
- nostandart vaziyatlarda xavfli yuklarni tashish qoidasi talablari asosida yuk ortishni, tushirishni tartibga solish va poezdlar harakatlanishini tashkil etish;
- jahon andozalari darajasida xizmat ko’rsatish, transport xizmatlari bozorida temir yo’l transportining raqobatbardoshligini oshirish;
yuklar, yo’lovchilar, pochta va bagajlar tashish sohasidagi sarf-xarajatlarni kamaytirish siyosatini amalga oshirish;
- temir yo’l tarmoqlarining ishlari barqarorligini va o’tkazish imkoniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- atrof muhitni asrash qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;
  • tashish jarayoniga zamonaviy axborot–kommunikasion, resurslar va energiya tejamkor texnologiyalarni keng qo’llash va joriy etish.

  • "O’zbekiston temir yo’llari" aksiyadorlik jamiyatining “Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi” poezdlar xarakat xavfsizligini ta’minlaydi, yuk jo’natuvchilarning yuklarini tashish va o’rnatilgan yuk nomenklaturasi bo’yicha arizalarini qondirish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi.

Yüklə 130,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə