Fundamental



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

S. (Signa) – 1 choy 
qoshiqdan kuniga 3 
mahal 4 kun davomida 
ichilsin. 

Nomen medici
 
 
shifokor FISh, muhri va imzosi. 
Azizov A.A.
 


13 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
 
                                 RETSEPTDAGI MUHIM QISQARTMALAR 
Toʻliq yozilishi 
Qisqartma 
Tarjimasi 
Ana 
aa. 
dan (baravar) 
Acidum 
ac. , acid 
Kislota 
Adde 
ad. 
qoʻsh, yetkaz 
ad usum externum 
ad us. ext. 
sirtga qoʻllash uchun 
ad usum internum 
ad us. ext. 
ichish uchun 
Ampulla 
amp. 
Ampula 
aqua purificata 
aq. pur. 
tozalangan suv 
aqua destillata 
aq. dest. 
distillangan suv 
Cum 
Cum 
Bilan 
Capsula 
caps. 
Kapsula 
capsula amylum 
caps. amyl. 
Kraxmal kapsula 
capsula gelatinosa 
caps. gelat. 
Jelatin kapsula 
charta cerata 
ch. cer. 
Mum qogʻoz 
Cito 
Cito 
Tez 
Cortex 
cort. 
poʻstloq 
Da, Detur, Dentur 
D. 
ber, berilsin 
Da (Dentur) tales doses numero  D.t.d.N. 
Shunday dozalardan shuncha miqdorda berilsin 
Decoctum 
dec. 
Qaynatma 
Detur. Signetur. 
D.S. 
Berilsin, koʻrsatilsin 
Dragee 
Dragee 
Draje 
Emplastrum 
empl. 
Plastir 
Emulsum 
emuls. 
Emulsiya 
Extractum 
extr. 
Ekstrakt 
Ex 
Ex 
Nisbatda 
Ex tempore 
Ex tem. 
Qoʻllashdan oldin 
fiat, fiant 
f. 
hosil boʻlsin 
Fluidum 
fluid. 
Suyuq 
Flos 
fl. 
Gul 
Folium 
fol. 
Barg 
Fructus 
fr. 
Meva 
gelatinosus (-a, -um) 
gel. 
Jelatinli 
Granula 
gran. 
Granula 
gutta (-m, -s) 
gtt. 
tomchi, tomchiga, tomchilar 
Herba 
h., hb. 
oʻt, giyoh 
In 
In 
Da 
in ampullis 
in amp. 
Ampulada 
in capsulis 
in caps. 
Kapsulada 
Infusum 
inf. 
Damlama 
Misce, misceatur 
M. 
Aralashtir 
massa pilularum 
m. pil. 
pilyula massasi 
Mucilage 
mucil. 
Shilimshiq 
Oleum 
ol. 
yogʻ 


14 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
Toʻliq yozilishi 
Qisqartma 
Tarjimasi 
obductus (-a, -um) 
obd. 
Qoplangan 
Pasta 
past. 
Pasta 
Pulvis 
pulv. 
sochma, kukun 
quantum satis 
q.s. 
kerak boʻlgancha 
Radix 
rad. 
Ildiz 
Recipe 
Rp. 
Ol 
Rhizome 
rhiz. 
Ildizpoya 
Signa, Signetur 
S. 
Belgila, koʻrsat 
Semen 
sem. 
Urugʻ 
Sirupus 
sir. 
Qiyom 
Solution 
sol. 
Eritma 
Suppositorium 
supp. 
Shamcha 
Numero 
N. 
Miqdori, soni 
Sterilisetur 
steril. 
Sterillansin 
Siccus 
sicc. 
Quruq 
Simplex 
simpl. 
oddiy (sodda) 
Suspension 
susp. 
Suspenziya 
Tabuletta 
tab. 
Tabletka 
Tincture 
tinct. (t-ra) 
Tindirma 
Unguentum 
ung. 
Surtma 
Linimentum 
lin. 
suyuq surtma 
DORI SHAKLLARINING TASNIFI 
Dori  shakli  –  dori  moddasini  qoʻllash  uchun  eng  qulay  holga  keltirilgan  shaklidir. 
Chunonchi, dori shakllarining quyidagi turlari tafovut qilinadi: 
1.
 
Suyuq dori shakllari 
2.
 
Yumshoq dori shakllari 
3.
 
Qattiq dori shakllari 
SUYUQ DORI SHAKLLARI 
Suyuq dori shakllariga quyidagilar kiradi: 

 
Eritma – Solutio 

 
Damlama – Infusum 

 
Qaynatma – Decoctum 

 
Tindirma – Tinctura 

 
Aralashma – Mixtura 

 
In‘eksiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari – Formae medicamentorum pro  
     injectionibus 

 
Suyuq ekstrakt – Extractum fluidum 

 
Quyuq ekstrakt – Extractum spissum 

 
Quruq ekstrakt – Extractum siccum 

 
Emulsiya – Emulsum 

 
Shilimshiq - Mucilago 

 
Suspenziya – Suspensio 


15 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
ERITMALAR 
bosh kelishik birlik sonda - 
Solutio
,  
qaratqich kelishik birlik sonda – 
Solutionis
,  
qisqartmasi 
- Sol.
 
Eritmalar
  –  dozalarga  boʻlinmagan  suyuq  dori  shakli  boʻlib,  ichga  yoki  sirtga  qoʻllash 
uchun  moʻljallangan  qattiq  yoki  suyuq  dori  moddasini  erituvchida  eritish  yoʻli  bilan  hosil 
qilinadi. Ular tiniq suyuqlik boʻlib, saqlanganda choʻkma hosil qilmaydilar. Demak, eritma 2 
ta tarkibiy qismdan iborat boʻladi: eruvchi va erituvchi. 
Eritmalar  offisinal  va  magistral  boʻlishi  mumkin.  In‘eksion  qoʻllash  uchun  ampulalarda 
chiqarilgan ertimalar dozalangan dori vositasi hisoblanadi.  
Erituvchi sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin: 
 
Distillangan suv – 
Aqua destillata
 
 
Etil spirti – 
Spiritus aethylicus
 
 
Gliserin – 
Glycerinum
 
 
Vazelin moyi – 
Oleum vaselini
 
 
Zaytun moyi – 
Oleum olivarum
 
 
Shaftoli moyi – 
Oleum persicorum
 
 
Bodom moyi
 – Oleum amygdalarum
 
 
Kungaboqar moyi – 
Oleum helianthi
 
 
Eritmalar  qoʻllanilgan  erituvchining  turiga  koʻra 
suvli

spirtli
  va 
yogʻli
  eritmalarga 
boʻlinadi.  Retsept  yozilganda  erituvcining  turi  koʻrsatiladi  (masalan, 
Sol.  Iodi  spirituosae 
yoki
 Sol. Camphorae oleosae
).  
Agar  retseptda  erituvchi  koʻrsatilmagan  boʻlsa,  u  holda  eritma  distillangan  suvda 
tayyorlanadi.  
Eritmalar qoʻllanilishiga koʻra quyidagilarga ajratiladi: 
a) 
ichga  qoʻllash  uchun
 eritmalar. Bu eritmalar signaturada choy, desert, osh qoshiqlarida, 
shuningdek tomchilarda dozalanadi.  
b) 
sirtga  qoʻllash  uchun
  eritmalar.  Koʻz,  quloq,  burun  tomchilari,  yuvish,  bosim  ostida 
yuvish (sprinsevanie), chayish, malham (primochka) uchun buyuriladi. 
 
ICHISH UCHUN ERITMALAR 
(Solutiones pro usu interno) 
Ichish  uchun  eritmalar  distillangan  suvda  tayyorlanadi  va  3-4  kunga  buyuriladi.  Qoʻllash 
uchun ochilganidan soʻngra sovutgichda saqlash tavsiya etiladi.  
Ichish  uchun  eritmalarni  odatda  darajalarga  boʻlingan  stakanchalarda,  choy  qoshiqlarda, 
desert  qoshiqlarda,  osh  qoshiqlarda,  shuningdek  tomchi  koʻrinishida  dozalanadi  va  qabul 
qilinadi. 
 
 


16 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
Qoshiqlar hajmi:  
-
 
1 choy qoshiq – 5 ml,  
-
 
1 desert qoshiq 7,5 – 10 ml,  
-
 
1 osh qoshiq 15 ml. 
Qoshiqlarda  dozalanadigan  eritmalar  odatda  kuniga  3  mahaldan  ichish  uchun  4  kunga, 
hammasi boʻlib 12 marta qabul qilishga yozib beriladi. 
Eritmalarni retseptda 3 xil shaklda yozish mumkin: 
1)
 
Kengaytirilgan  shakl.
  Bunda  eritmaning  barcha  tarkibiy  qismlari,  ya‘ni  dori  modda  va 
erituvchi moddaning nomi, ularning miqdori (ogʻirligi yoki hajmi) koʻrsatiladi. 
Misol.
  Natriy  bromid 
(Natrii  bromidum)
  td  =  0,3  eritmasi  1  osh  qoshiqdan  kuniga  3 
mahaldan 4 kunga ichish uchun yozib berilsin.  
Hisob:
 3 mahal x 4 kun = 12 marta;   td = 0,3 natriy bromid – 0,3 x 12 = 3,6 
―Erituvchi‖ sifatida suv olingan
suv 1 osh qoshiqda 15 ml. 12 marta – 15 ml x 12 = 180 ml. 
Rp.: Natrii bromidi 3,6  
  Aquae destillatae ad 180 ml  
  M.f. solutio 
  D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. 
2)
 
Qisqartirilgan  shakl
  (―ex‖  –  koʻrinishda),  bunda  retsept  eritma  soʻzi  bilan  boshlanib, 
soʻngra  dori  moddaning  nomi,  uning  eritmadagi  gramm  miqdori,  butun  eritma  miqdoriga 
boʻlgan  nisbati  koʻrsatiladi.  Agar  erituvchi  sifatida  suv  ishlatilgan  boʻlsa,  u  holda  suvdagi 
eritma ekanligi koʻrsatilmaydi.  
Rp.: Solutionis Natrii bromidi ex 3,6 – 180 ml 
      D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. 
3)
 
Qisqartirilgan foiz shakli
 – eritmaning konsentrasiyasi foizlar hisobida koʻrsatiladi: 100 
ml erituvchida eritilgan moddaning miqdori (pro centum – lotincha yuzda qancha). 
Hisob:
 3,6 – 180 ml  
 
x=3,6 x 100 / 180 = 2% 
   x - 100 ml  
Rp.: Solutionis Natrii bromidi 2% - 180 ml 
        D.S. 1 osh qoshiqdan ichilsin. 
 
Quyidagilarga retsept yozing: 
1.  Natriy  bromidi  (Natrii  bromidum)  eritmasidan  200  ml  ga  shunday  hisob  bilan  retsept 
yozingki,  unda  bemor  1  osh  qoshiq  eritmada  0,3  g  natriy  bromidi  qabul  qilsin.  1  osh 
qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun. 
2.  Kaliy  xloridi  (Kalii  chloridum)  ning  10%  li  eritmasidan  200  ml  ga.  1  osh  qoshiqdan 
kuniga 3 mahal ichish uchun. 


17 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
3.  Kaliy  bromidi  (Kalii  bromidum)  eritmasidan  180  ml  ga  shunday  hisob  bilan  retsept 
yozingki, unda bemor  har  safar  ichganida  1  osh  qoshiq  eritmada  0,5  g kaliy  bromidi qabul 
qilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichish uchun. 
4.  Kalsiy  xloridi  (Calcii  chloridum)  ning  10%  li  eritmasidan  200  ml  ga.  1  osh  qoshiqdan 
kuniga 3 mahal ichish uchun. 
5. Natriy salitsilati (Natrii salicylas) eritmasidan 5 kunga yetadigan qilib shunday hisob bilan 
retsept  yozingki,  unda  bemor  1  osh  qoshiqda  1,0  natriy  salitsilati  qabul  qilsin.  1  osh 
qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish uchun. 
6. td=5 sg boʻlgan kofein natriy-benzoati (Coffeini natrio-benzoas) eritmasini 12 marta qabul 
qilishga, 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun. 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə