Fundamental



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

12.1 Neyroleptiklar
 (antipsixotik moddalar) 
1952  yilda  J.Delay  va  P.Deniker  (Fransiya)  psixiatriya  amaliyotida 
xlorpromazinni
 
qoʻllashgan.  Xlorpromazin sedativ, psixomotor indifferentlik, hissiy befarqlikka olib kelishi 
qayd  etilgan.  Bu  holat  ―neyroleptik  sindrom‖  deb  ataldi  va  shunga  oʻxshash  ta‘sirga  ega 
boʻlgan moddalar keyinchalik 
neyroleptiklar
 deb ataladi. 
Neyroleptiklarning  asosiy  xususiyati  psixozli  bemorlarda  alaxlashni,  Gallyutsinasiyalarni 
bartaraf  etish  qobiliyatidir  - 
antipsixotik  ta’sir
.  Shuning  uchun  bu  dorilar 
antipsixotik 
vositalar
 deb atala boshlandi. 
Ayniqsa,  neyroleptiklar    shizofreniya  uchun  ishlatiladi-bu  kasallikka  xarakterli  boʻlgan; 
atrofdagi  olamni  kam  idrok  qilish,  fikrlash  va  tushunishning  muhim  buzilishlari  kabi 
alomatlarni bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. 
 Shizofreniyaning  (pozitiv-avval mavjud boʻlmay, kasallik sabab kelib chiquvchi) belgilari:  
■ alaxlash  
■ gallyutsinatsiyalar  
■ fikrlash buzilishi (irratsional xulosalar)  
■ shuningdek salbiy alomatlar-hissiy munosabat darajasini pasayishi  
befarqlik  
■ beparvolik  
■ ijtimoiy aloqalar va manfaatlarning torayishi  
■ progressiv aqliy zaiflik. 
 Odatda  neyroleptikler  asosan  pozitiv  simptomlarni  zaiflashtiradi  va  negativ  simptomlarga  
kam  samarali  ta‘sir  koʻrsatadi.  Xlorpromazinning  va  shunga  oʻxshash  antipsixotiklar  ta‘siri 
miya  mezolimbik  tuzilmalaridagi  dofamin  D
2
  retseptorlari  blokadasi  bilan  bogʻliq.  D
2
 
retseptorlari  blokadasi-miyaning  boshqa  qismlarida  neyroleptiklarning  nojoʻya  xususiyat-
larni keltiradi: 
■ ekstrapiramidal buzilishlar (dori tufayli kelib chiqgan parkinsonizm)  
■ prolaktinning sekretsiyasini oshiradi bu esa sut bezlariga ta‘sir qilishni ragʻbatlantirishdan 
tashqari  gonadotropik  gormonlar  ishlab  chiqarishni  kamaytiradi  (follikulostimullovchi  va 
lutein  gormonlar).  Shuning  uchun  koʻproq  samarali  antipsixolitiklar  boʻlib,  aniq  ekstra-
piramidal  buzilishlar  va  giperprolaktinemiyaga  olib  keldi.  Keyinchalik  ekstrapiramidal 
tizimga    va  Prolaktin  sekretsiyasiga  nisbatan  kam  ta‘sir  koʻrsatadigan  neyroleptiklar 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə