Fundamental


 Serotonin va noradrenalining neyronal ushlanishini buzadigan vositalar



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

1. Serotonin va noradrenalining neyronal ushlanishini buzadigan vositalar. 
imipramin
 (imizin, melipramin) va 
amitriptilin
 - trisiklik antidepressantlarga kiradi. Ushbu 
dorilar serotonin va norepinefrinni teskari neyronal qamrab olinishini buzadi. Antidepressant 
va sedativ (ayniqsa, amitriptilin) xususiyatlariga ega. Sedativ ta‘siri bosh miyadagi gistamin 
H
1
- retseptorlari  blokadasi bilan bogʻliq. 
Amitriptilin asosan depressiya, aniq tashvish,qoʻzgʻalishda ishlatiladi. 
Imipramin  ruhiy  tushkunlik  holatida  psixostimulyator  ta‘sirga  ega  va  depressiyaning 
psixomotor tormozlanishlarida  ishlatiladi. 
Trisiklik  antidepressantlarning  antidepressant  ta‘siri  muntazam  ravishda  qabul  qilinganda 
oʻrtacha 2 haftadan keyin namoyon boʻladi. 
Imipramin  va  amitriptilin  analgetik  xususiyatlarga  ega.  Trisiklik  antidepressantlar  M-
xolinobloklash  va  α

adrenobloklovchi  xususiyatlariga  ega  (midriaz,  akkomodatsiya 
buzilishi,  ogʻiz  qurishi,  taxikardiya,  siydik  chiqishini  ushlab  qolinishi,  qon  bosimini 
pasaytirish,  ortostatik  gipotenziya).  Trisiklik  antidepressantlarni  qoʻllashda  kardiotoksik 
ta‘sirlarni  koʻrish  mumkin:  qorincha  fibrilatsiyasi,  toʻsatdan  yurak  toʻtashi.  M-xolino-
bloklovchi ta‘siri tufayli  trisiklik antidepressantlar glaukomada qoʻllanish mumkin emas. 
Trisiklik antidepressantlar MAO ingibitorlari bilan bir vaqtning oʻzida buyurilmaydi: arterial 
gipertenziya, giperpireksiya, talvasalar, koma rivojlanishi mumkin. Agar antidepressantlarni 
oʻzgartirish zarur boʻlsa, trisiklik antidepressantlarni va MAO ingibitorlar tayinlash orasidagi 
interval kamida 3 hafta boʻlishi kerak. 
Depressiya  holatidagi  bemorlar  koʻpincha  oʻz  joniga  qasd  qilish  maqsadlari  bilan  katta 
miqdorda  trisiklik  antidepressantlarni  qabul  qilishadi.  Bu  dorilar  bilan  zaharlanish  M-
xolinoblokatorlar  bilan  zaharlanishga  oʻxshaydi-akkomodatsiya  buzilishi,ogʻiz  qurishi, 
taxikardiya, siydik  chiqishini  ushlanib  qolishi, hayajon, alaxlash, talvasalar, keyin  koma  va 
nafasning yoʻqolishi kuzatiladi.  
Fizostigminning  mushak  orasiga  kiritilishiga  yordam  berishi  mumkin.  Markaziy  asab 
tizimining qoʻzgʻalishini kamaytirish uchun diazepam tomir ichiga yuboriladi. Imipramin va 
amitriptilinning  taqsimlanishi(V
d
)  1000  l  dan  oshganligi  sababli,  bunday  zaharlanishlarda 
gemodializ va gemosorbsiya samarasiz. 
Jiddiy  sedativ  va  anksiolitik  xususiyatlarga  ega  boʻlgan,  tashvish  hayajon  bilan  birga 
depressiyada samarali boʻlgan trisiklik antidepressantlarga 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə