Fundamental


Diazepam   (seduxen,  relanium),  xlordiazepoksid



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

Diazepam
  (seduxen,  relanium), 
xlordiazepoksid
  (elenium), 
oksazepam

alprazolam 
anksiolitik  sifatida  ishlatiladi.
  Medazepamda
  sedativ  va  miorelaksantlik  xususiyatlari  kam 
miqdorda (
rudotel
; ―kunduzgi trankvilizator‖). Ushbu dorilar nevrozlar va tashvish, qoʻrquv, 
vahima  kabi belgilar bilan na‘moyon boʻluvchi nevrozga oʻxshash holatlarda qoʻllaniladi. 
Benzodiazepin  guruhining  dori-darmonlari  shikastlanishdan  keyingi  stress  jarayonlarini 
susaytirishda,  rigidlik  holatida  skelet  mushaklari  tonusinin  kamaytirish  uchun,  epilepsiyada 
(masalan,  epileptik  holatida  -  diazepam)  ishlatiladi.  Anesteziologlar  koʻpincha  benzo-
diazepinlarni  operatsiyadan  oldin  premedikatsiya  sifatida  buyuradi,  masalan  midazolam, 
lorazepam (vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi). 
Benzodiazepinlar odatda bemorlar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi, ammo ulardan foydalan-
ganda  zaiflik,  uyquchanlik,  harakatni  sekinlashishi  va  moʻljal  olish  ham  buzilishi  mumkin 
(mashina haydashda tavsiya etilmaydi). 
Benzodiazepinlar etil spirti ta‘sirini kuchaytiradi. 
Benzodiazepinlarni muntazam ravishda qoʻllash hisobiga aqliy va jismoniy doriga moyillikni 
yuzaga keltiradi. Bekor qilish sindromi tashvish, qoʻrquvning kuchayishi, uyqusizlik, yomon 


179 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
tushlar koʻrish, bosh aylanishi va titroq bilan tavsiflanadi. Benzodiazepinlarni toʻxtatish asta-
sekin, bir necha hafta yoki hatto oylar davomida boʻlishi kerak. 
Benzodiazepinlar toksikligi kam, ammo yuqori dozalari markaziy asab tizimining ingibirlash 
orqali  nafas  yetishmovchiligiga  sabab  boʻlishi  mumkin.  Bunday  holda,  benzodiazepin 
retseptorlari antagonisti 
flumazenil
 tomir ichiga yuboriladi. Gemodializ benzodiazepin bilan 
zaharlanishda  samarasizdir,  bu  benzodiazepinlarning  qon  plazmasi  oqsillari  bilan  yuqori 
darajada bogʻlanishiga va tarqalish hajmiga (taxminan 10 l/kg) bogʻliq. 
5-HT
1A
  serotonin  retseptorlari  agonist 
buspiron
  samarali  anksiolitik  hisoblanadi. 
Benzodiazepinlardan  farqli  oʻlaroq  sedativ,  antiepileptik  va  miorelaksant  ta‘sirlarga  ega 
emas. Amaliy tomondan bekor qilish sindromi va doriga moyillikni keltirib chiqarmaydi. 
 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə