Fundamental



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

12.5.SEDATIV MODDALAR. 
Ushbu dorilar guruhiga sedativ (tinchlantiruvchi) ta‘sir koʻrsatadigan va nevrozlarning ayrim 
koʻrinishini susaytiradigan (asabiylikni kamaytiradi, uyquni normallashtiradi) dorilar kiradi. 
Ular  anksiyolitiklarga  qaraganda  kuchsizroq.  Sedativ  vositalarga 
bromidlar,  valeriana 
preparatlari, kiradi. Kichik dozalarda benzodiazepin va barbituratlar sedativ ta‘sir koʻrsatadi. 
Bromidlardan  tinchlantiruvchi  sifatida 
natriy  bromid
  va 
kaliy  bromid
  ishlatiladi.  Ushbu 
dorilar vahima, nevrasteniya va boshqa nevrozlarda ichga (ogʻiz orqali) buyuriladi. 
Bromidlar  tanadan  asta-sekin  ajratiladi  va  muntazam  ravishda  qabul  qilinganda  toʻplanib 
qolishi  mumkin.  Bunday  holda  surunkali  zaharlanish    - 
bromizm
  rivojlanadi.  Apatiya, 
uyquchanlik,  xotiraning  zaiflashishi,  terida  toshmalar  paydo  boʻlishi,  konyunktivit,  burun 
oqishi  va  yoʻtal  kuzatiladi.  Bromizm  belgilari  paydo  boʻlganda  bromidlarni  tanadan  tezroq 
chiqarib tashlash uchun tarkibida natriy xlorid miqdori yuqori boʻlgab dieta (kuniga 10-20 g 
gacha) va koʻp miqdorda ichimlik ichish buyuriladi.
 
Valerianani
  qoʻllaniladigan  turlari  valerian  va  izovalerian  kislotalardir.  Valeriana 
preparatlari tinchlantiruvchi ta‘sirga ega, uhlatuvchi  dorilarni ta‘sirini kuchaytiradi va ichki 
organlarni  silliq  mushaklariga  spazmolitik  ta‘sir  koʻrsatadi.  Valeriana  preparatlari 
nevrozlarda  xususan,  yurak-qon  tomir  tizimini  buzilishi  va  ichki  organlarni    silliq 
mushaklarini  spazmlari  boʻlgan  nevrozlarda  ishlatiladi.  Bunday  hollarda  tarkibida 
fenobarbital,  os-bromisovaler  kislotasining  etil  efiri  va  yalpiz  moyi  boʻlgan  valokordin 
(korvalol) ishlatiladi. 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə